Masjidimizda Samarqandlik imom - xatiblar!
5.8.2015 6698

    Joriy yilning 2 avgust kuni Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan diniy soha xodimlari, xususan, 45 nafar imom-xatiblarimiz “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan Toshkent shahrida ziyoratda bo‘ldilar.
    Toshkentga yetib kelgan ziyoratchilar, dastlab "Zangi ota" ziyoratgohida bo‘lib, U yerda ziyoratgoh obodonchiligi, kelib-ketuvchilarga yaratilgan sharoitlar va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
   Shundan so‘ng, imomlarimiz “Hazrati Imom” majmuasida bo‘ldilar va majmua tarkibiga kiruvchi Mo‘yi muborakdagi Usmon mushafi, Baroqxon madrasasi, Toshkent islom instituti, Qaffol Shoshiy maqbarasi hamda “Hazrati Imom” masjidlarini ziyorat qildilar.
    Mehmonlar zamonaviy tipda bunyod etilgan "Minor" jome masjidida ham bo‘ldi. Ziyoratchilar ushbu masjidda peshin namozini jamoat bilan ado etgandan so‘ng masjidda ish yuritish hujjatlari bilan tanishdilar va o‘zaro fikr almashib, keraklik xulosalarni oldilar.
    Ziyoratchilarning keyingi manzili Amir Temur muzeyi bo‘ldi. U yerda ziyoratchilar Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy yodgorliklarni ko‘rib chiqdilar. Muzey tarixi va bugungi kundagi ahamiyati borasida ma’lumotlar oldilar.
    So‘ngra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muftiy hazratlari ziyoratchi imom-xatiblarni mamnuniyat bilan kutib olib, ularni poytaxga qilgan tashriflari bilan muborakbod etdilar va ularga nasihatlar berib, kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida gapirib o‘tdilar. O‘z navbatida imomlarimiz ham muftiy janoblariga yuksak ehtirom va samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdilar.
    Shundan so‘ng Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida bo‘ldi. U yerda imom-xatiblarimiz masjidda namozxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, hujjat yuritish ishlari, sharoitlarni qulaylashtirish borasida fikr almashdilar. Ziyoratchilar masjid kutubxonasini alohida e’tirof etdilar. Ularda "Shayx Zayniddin" jome masjidi me’morchilik ishi chuqur taassurot qoldirdi.



"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216433
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24556
  • 19020
  • 12799
  • 15762