“Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!”
12.7.2015 7535

 

      “Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘sin!” Bugun bu niyat duoga qo‘lini ochgan har bir yurtdoshimizning dilidan o‘tishi tabiiy. Tinchlik ne’mati tufayli har birimiz oilamiz bag‘rida baxtiyormiz, kasbimizda faolmiz. E’tiqodimizda sobit bo‘lib, ibodatda qoimmiz.
      Ramazon oyi munosabati bilan ayni kunda mamlakatimizdagi ko‘plab masjidlarda xatmi Qur’on o‘qilmoqda. Taroveh namozlari ado etilmoqda. Ularda mingga yaqin qorilar namozxonlarga xizmat qilmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan diniy ulamolarimiz va ustozlarimizni yurtimiz masjidlarida bo‘lib, mazmunli suhbatlar uyushtirilishi tashkil etilmoqda.
Xususan, 25 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida bo‘ldilar.Jamoat bilan peshin namozi ado etilgach, namozxonlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbatda Usmonxon Alimov hazratlari yurtdoshlarimizni Ramazon oyi bilan yana bir bor tabriklab, ushbu oyning fazilati haqida ma’veza qildilar. Ma’veza so‘nggida jahon maydonidagi terrorizm balosi, mamlakatimizdagi tinchlik va uning shukronasi xaqida ham to‘htalib o‘tdilar hamda namozxonlar va yurtimizdagi tinchlik yo‘lida xizmat qilayotganlar haqqiga duo qildilar.
     Shundan so‘ng, muftiy hazratlari “Shayx Zayniddin” qabristonida bo‘lib, Shayx Zayniddin buva qolaversa, qabristonga daftn etilgan mo‘min musulmonlar xaqlariga duoi fotiha qildilar. Qabriston ziyoratidan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov masjidda namozxonlarga yaratilgan shart - sharoit bilan tanishib, kerakli tavsiyalarni izhor etdilar.


“Shayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 97653
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 43577
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 30913
  • Qaynona va kelin munosabatlari

    Boshqa millat vakillarining kopchiligi biz ozbeklarning oilaviy hayotimizga, yani, qarindosh uruglarning bir-birlariga…

    6.82015 29783
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

17279
  • 11726
  • 8078
  • 10206