Xotira—abadiy, qadr—muqaddas!
10.5.2016 4631

   Oqibat va totuvlik bor yurtda qut-baraka bo‘ladi, deydi ko‘pni ko‘rganlar. Zero, yurtimizda 9 mayning “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Ushbu kun nafaqat yurt tinchligi, Vatan ozodligi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan minglab insonlarni xotirlash, haqlariga duo qilish, shu bilan birga, yaqinlar, nuroniylar, mehr va muruvvatga muhtoj kishilar holidan xabar olish, ularning yolg‘iz emasligi, doimo e’tiborda ekanligini yana bir bor his etishlarini ta’minlash kuni sifatida ham qalbimizdan joy olgan sanadir. Aynan shu bayram munosabat bilan barcha go‘shalarda xayriya tadbirlari o‘tkazib kelinadi.
    Xususan, “Shayx Zayniddin” jome masjidi tomonidan muntazam ravishda qator tadbirlar, xayru ehsonlar tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 8-9 may kunlari “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlab masjid atrofidagi “Islomobod”, “Oqilon”, “Bog‘ ko‘cha”, “Shofayz” mahallalarida istiqomat qiluvchi keksalar, shuningdek nogironlar holidan xabar olindi. Ularga sovg‘a-salomlar, oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Tashrif chog‘ida yurtimiz tinchligi, hurriyat yo‘lida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz yodga olindi. Ular haqqiga duoi fotiha qilindi.
    Bu kabi xayrli ishlarni davom ettirish barchamizga nasib etsin!

 


“Shayx Zayniddin” jome’ masjidi matbuot xizmati

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 70936
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

10623
  • 6074
  • 3920
  • 5955