Litvadagi Buyuk Masjid haqida eshitganmisiz?
12.12.2016 5447

    Buyuk Vitautas Jome’ masjidi (Litva tilida: Vytauto Didžiojo Mečetė) Litva Respublikasining tarixiy poytaxti hamda ikkinchi yirik shahri bo‘lmish Kaunasda joylashgan. E’tiborli tomoni u Litvadagi to‘rt masjid ichida yagona g‘ishtdan qurilgan ibodatxona hisoblanadi. Ushbu masjid ajoyib va boy tarixga ega.
    1398-yilda Buyuk Litva Gersogligi hamda Oltin O‘rda o‘rtasidagi uzoq davom etgan janglar yakunida tinchlik sulhi imzolandi. Sulh bo‘yicha Qrim Litva tomonidan bosib olindi va Buyuk Hukmdor Vitautas qrim - tatarlarga Litvaga ko‘chib o‘tishga ruxsat berildi. Shu tariqa Litvada nasliy tatarlar guruhi yuzaga keldi.
     Dastavval mazkur masjid 1860-yilda yog‘ochdan qurilgan bo‘lib, Sharqiy Ovro‘pada qurilgan ilk masjidlardan biri edi. Turli tarixiy jarayonlar va o‘zgarishlarga qaramay, yog‘och masjid ko‘rinishida 1930-yilgacha davom etdi.
   1930-yilda Buyuk Vitautas vafotining 500 yilligi munosabati bilan g‘ishtdan qayta qurildi va Buyuk hukmdor nomi berildi. Xom qolip loyihasi me’morlar Vaclovas Michnevisius va Adolfas Netyksas tomonidan ishlab chiqilgan. Masjid minora hamda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi namozgohdan iborat. Minora va gumbaz yuqori cho‘qqisiga yarim oy o‘rnatilgan. Boshqa masjidlardan farqli o‘laroq masjidda tahoratxona mavjud emas. Masjid Shimoliy Afrikada qfad rostlagan masjidlarning uslubiga uyg‘un holda qurilgan bo‘lsada, ko‘rinishidan Toshkentning Eski shahardagi jome’ masjidini eslatadi.
     Ikkinchi jahon urushi davrida masjid faoliyati butunlay to‘xtatildi. Sho‘rolar davrida masjid binosi dastlab M.K. Čiurlionis nomidagi San’at Muzeyi omborxonasi keyinchalik esa sirk sifatida foydalanildi. 1972-1973 yillarda muxandis Z.Dargis loyihasi tomonidan bino qayta ta’mirlandi. U yerda sharq madaniyati va san’ati muzeyini tashkil etish rejalashtirilgan edi. Biroq, reja amalga oshmadi. 1989-yili masjid musulmonlar jamiyatiga qaytib berildi. Va nihoyat 1991-yili birinchi juma namozi o‘qildi. 1996-yil 23-dekabrda masjid Litva Respublikasi Madaniy merosi sifatida ro‘yxatga olindi.
    Mazkur masjidni antiqa va betakror inshoot sifatidagi jihati nafaqat uning zoq asrlik tarihi balki dunyodagi yagona nasroniy hukmdor nomi bilan atalganidir. Aholisining aksariyat qismi nasroniy diniga mansub bo‘lgan Litvada Ushbu masjid diniy bag‘rikenglik asosida milliy va diniy ozchilikni tashkil etuvchi tatarlar millati vakilarining haq-huquqlari xurmat qilinishi, e’zozlanishi, millatlararo totuvlik ramzi sifatida ko‘riladi. Sayyoramizning turli nuqtalarida kechayotgan nizo va to‘qnashuvlar avj olgan bir davrda Litva hamda O‘zbekiston o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarining hayotga tadbiq etilayotgani dunyo jamjamiyati oldida alohida ahamitga ega.

 

Diyor Mirzajanov tayyorladi

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 70798
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

10583
  • 6056
  • 3900
  • 5929