Ka’bapo‘sh haqida siz bilmagan 15 ma’lumot
3.10.2016 12234

    Kisva – Makkadagi muqaddas Ka’baning ustiga yopiladigan mato. U har yili haj mavsumining so‘ngida almashtiriladi va avvalgisi bo‘laklarga bo‘linib, musulmonlarga tarqatiladi. 
       Bir qator olimlarning fikricha, Ka’bani kisva bilan yopish Ismoil (alayhissalom) davrlariga borib taqaladi. Boshqa bir olimlarning ta’kidiga ko‘ra, birinchi marta Ka’baga kisva kiydirish Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning ajdodlari bo‘lmish Adnan ibn Ad tomonidan amalga oshirilgan. 
Ko‘pchilik esa bu an’anani Yamandagi Xumayyura qiroli Tuba boshlab bergan deb hisoblaydi. 
      Kisvani tayyorlash uchun butunboshli ustaxona faoliyat yuritadi. Birinchi ustaxona 1927 yilda tashkil etilgan. Bugun kisvani tayyorlashdek sharafli ish ustida 240 hunarmand va texnik mutaxassislar mehnat qiladi. 
       Kisva 5 qismdan iborat, ulardan biri Ka’baning kirish eshigini yopib turadi. Ka’bapo‘shning umumiy kattaligi 658 kv.m. ni tashkil etadi va u uzunligi 14 metr hamda kengligi 101 santimetr bo‘lgan 47 ta bo‘laklardan tikiladi. Kisvaning oltin iplar bilan naqshlar solib tikiladigan matosining o‘ziga 450 kg ipak sarflanadi. 
     Kisvanining tayyorlanish jarayoni anchagina mashaqqatli bo‘lib, roppa rosa uch oyni tashkil etadi. Ka’ba yopinchig‘ini tayyorlash uchun Saudiya Arabistoni hukumati 17 million rial sarflaydi. Har yili ikkita kisva tayyorlanadi. Biri Ka’baning ustiga yopilsa, ikkinchisi har ehtimolga qarshi saqlab qo‘yiladi. 
    Ka’baga yangi yopinchiq yopish paytida hojilar Arafot tog‘ida haj amallarini bajarayotgan bo‘ladilar. Bu ishni bir qancha mahalliy xodimlar maxsus ko‘tarma uskunalar yordamida amalga oshiradilar. 

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi

 

Manba: www.ziyo.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216321
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24552
  • 19003
  • 12793
  • 15756