Dunyo tamadduniga musulmonlar tuhfa etgan 5 ixtiro
2.8.2016 7576

1. Ommaviy kutubxonalar.

Islom dinining dastlabki davrlarida butun musulmon olamida masjidlar aqliy munozaralar bo‘lib turadigan joy vazifasini bajargan. Masjidlar faqatgina ibodat qilinadigan yer bo‘lib qolmasdan, unda din, falsafa, ilm va fanga oid ko‘plab kitoblardan iborat kutubxona joy olgan edi. Bu kutubxonalar barcha uchun ochiq bo‘lgan.

2. Jarrohlik asboblari.

X asrning mashhur musulmon jarrohi, jarrohlik sohasining otasi sanalmish Qosim al-Zaxraviy bugungi kunda ham jarrohlik amaliyotlarida qo‘llanib kelinayotgan bir qancha anjomlarni ixtiro qildi. Bu asboblar qatorida skalpel (maxsus jarrohlik pichog‘i), jarrohlik qaychisi va ignasi bor edi. Bundan tashqari u tibbiyotda ketgut deb ataladigan o‘zi tanada so‘rilib ketadigan tikuv ipini ham kashf qilgan.

3. Algebra.

Algebra Islom dinining oltin davrida taraqqiy etdi. Uning vujudga kelishi bevosita buyuk mutafakkir, matematik olim Mahmud al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liqdir. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib uzunlik va kvadrat tenglamalarni yechishning umumiy usuli deb algebrani alohida fan sifatida tasavvur qildi. U 800 yilda algebraik tenglamalarni tushunish borasida yangicha yo‘llar yoritib berilgan o‘z ilmiy asarini yozdi.

4. Optika.

XI asrda olim Ibn Xaysom inson ko‘zi qanday ko‘rishi borasidagi eski qarashlarni butkul o‘zgartirib yubordi. Bungacha ko‘z nurni qaytargani sababli inson buyumlarni ko‘ra oladi deb hisoblanar edi. Ibn Xaysom esa, aslida ko‘z boshqa buyum va yuzalar qaytargan nurni qabul qilishi to‘g‘risidagi haqiqatni isbotladi.

5. Qahva.

Qahva o‘simligi azaldan Efiopiyada tarqalgan bo‘lsa-da, XV asrda Yamanda efiopiyaliklar bilan savdo qilgan musulmon arablar bugungi kunda butun dunyoda qahva deb iste’mol qilinadigan ichimlik tayyorlashni o‘rgandilar. Ular qahva donini qovurib, so‘ng suvda qaynatar edilar. Sufiylar ham o‘z ibodatlarini bajarish, tunlari ham ibodatda tetiklikni saqlab turish uchun qahva ichimligini iste’mol qilardilar.

 

Manba: www.ziyo.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216179
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24530
  • 18989
  • 12784
  • 15748