Ramazon – qalb va tan salomatligi oyi
5.1.2018 4554

Ro‘zadan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri oziq-ovqatdan dam olish, uni kam iste’mol qilishdir. Bu bilan tanamizga yengillik berib,  uning sog‘ligini tiklash mumkin.Lekin ayrim kishilar ro‘za yaqinlashishi bilan oziq-ovqat g‘amlashga tushishadi. Kimlardir kun bo‘yi och yuraman deb, kechalari ustma-ust ovqatlanib, ertangi kun «hissasini zaxira qilib qo‘yish»ga urinishadi. Hatto Ramazon oyidan semirib chiqishadi. Bu noo‘rin, albatta. Haqiqiy islomiy ro‘za falsafasi bo‘yicha Ramazonda saharlik oddiy paytlardagi nonushta, iftorlik esa kechki ovqat kabi me’yorda bo‘lishi kerak.

Mavzuni ilohiy mo‘’jizalarga qarataylik. Alloh taoloning «Ro‘za tutmog‘ingiz siz uchun yaxshilikdir», — degan oyati va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning:«Ro‘za tutinglar, salomat bo‘lasizlar», degan hadislari mo‘’jizasi isbot bo‘lmoqda.

Keling, tib ulamolari ro‘za borasida erishgan ba’zi bir natijalar bilan qisman tanishib chiqaylik.

Tibbiy-ilmiy izlanishlar natijalari ham ro‘zaning turli jismiy va ruhiy kasalliklardan himoya qilish, ularning oldini olishda foydasi borligini tasdiqladi.

Shu o‘rinda ayrim misollar keltiramiz:

1. Ro‘za insondagi kasalliklarga qarshi qobiliyati (immunitet)ni kuchaytiradi. Chunki ro‘za tutgan odamda shu maqsadga xizmat qiluvchi hujayralar o‘n marta ko‘payishi ilmiy jihatdan isbotlandi.

2.    Ro‘za tutgan odamda semizlikka qarshi monelik paydo bo‘ladi. Chunki, odatda, semizlik ovqat hazm qilishdagi nuqsondan, atrof-muhitdagi, nafsoniy  va ijtimoiy ta’sirlar orqali kelib chiqadi. Gohi ruhiy iztirob ham ovqatning noto‘g‘ri ta’sir qilishiga olib keladi. Ana o‘sha omillardan ro‘za tutish orqali saqlanish mumkin. Ro‘za tutgan odam ruhiy, aqliy mukammallikka ega bo‘ladi. Chunki ro‘zador odam imoniy muhitda ko‘p ibodat, zikr, tilovati  Qur’on qilib vaqt o‘tkazadi. Turli achchiqlanish, asabiylashish, urush-janjallardan yiroq bo‘ladi. O‘zini taqiqlangan narsalardan tiyib, tanasiga ham orom beradi.

3.    Ro‘za buyrakda toshlar yig‘ilishidan saqlaydi. Chunki ro‘za tutgan odamning qonida soda ko‘payib, kaliy tuzlarining to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, ro‘zador peshobida siydik yo‘lidagi tuzlarning to‘planib qolishini yo‘qotadigan modda ko‘payadi.

4.    Ro‘za inson jismini, uning to‘qimalarida to‘planib qoladigan turli keraksiz moddalar, yog‘lar, tuzlar va boshqa narsalarni ketkazadi. Ma’lumki, oziq-ovqat, dori-darmon va havo orqali inson jismiga ko‘plab zaharli moddalar kirib, to‘planib qoladi. Ana o‘sha moddalar faqat ro‘za tutish orqali chiqib ketadi. Natijada insonning jismi ham yengillashadi, zehni o‘tkir, xotirasi kuchli, irodasi mustahkam bo‘ladi.

5.    Ro‘za jinsiy maylning kuchini qirqadi. Bu esa, ayniqsa, yoshlar uchun juda ham foydali bo‘lib, organizmni turli asabiy va jismoniy iztiroblardan saqlaydi. Bu holat ham ilmiy tajribalar orqali isbotlangan.

6.    Hozirgi kunda ro‘za ko‘plab bemorliklarni davolashda, jumladan, semizlikdan kelib chiqadigan qon tomirlarining torayishi, qon bosimining ortishi va ba’zi yurak hamda qon aylanishiga oid kasalliklarni, bo‘g‘imlarning surunkali shishini va boshqa bir qancha kasalliklarni davolashda qo‘l kelmoqda.

Yaqinda rus olimlari ro‘za tutish (ochlik) yo‘li bilan davolangan bemorlar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Natija kishini hayratga soladigan darajada muvaffaqiyatli edi. Ko‘plab kasalliklar qatori, hatto saraton kasalligiga mubtalo bo‘lganlar ro‘za tutish tufayli shifo topganini ta’kidlashganiga nima deysiz?!

 

A’zam SUYaROV, tibbiyot fanlari nomzodi

 

Manba: www.shifo-info.uz

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216423
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24554
  • 19014
  • 12796
  • 15759