NAMOZ SUNNATLARI
5.1.2018 11740

Quyidagilar namozning sunnatlaridir:

1. Takbiri tahrimada qo‘l barmoqlarini o‘z holida ochiq tutib quloqqa tekkazish (Ayollar takbiri tahrima aytishda qo‘llarini yelka baravarida ko‘taradilar).

2. Iqtido qiluvchi takbiri imom takbiri bilan oldinma-ketin bo‘lishi.

3. Erkaklarning o‘ng kaftlarini chap kaftlari ustiga qo‘yib, ikkisini kindik ostida tutib turishlari (Ayollar o‘ng kaftlarini chap kaftlari ustiga qo‘yib, ko‘kraklari ustida ushlab turadilar).

4. “Allohu akbar” deb takbir aytgandan keyin sanoni maxfiy (ichida) o‘qish.

5. Sanodan keyin “Auvzu”, har rakatda Fotihadan oldin “Bismillaah” aytish (Taavvuz ham, basmala ham maxfiy – ovoz chiqarmay, pichirlab aytiladi).

6. Faqat birinchi rakatda Fotihadan oldin “auvzu”ni aytish.

7. Fotiha surasini o‘qib bo‘lgach, ichida “Omin” deyish (Buni imom ham, muqtadiy ham, yolg‘iz namoz o‘quvchi ham aytadi).

8. Imomning ruku’dan keyin “Samiallohu liman hamidah”, iqtido qilganlarning esa “Robbanaa lakal hamd”, deyishi (Namozni bir o‘zi o‘qigan kishi ikkalasini ham aytadi).

9. Bir rukndan boshqa ruknga o‘tayotganda “Allohu akbar”, deb takbir aytish.

10. Imom takbirlarni ovoz chiqarib aytishi. Iqtido qiluvchilar eshitishi uchun takbirlarni jahriy aytiladi.

11. Qiyomda ikki oyoq orasini to‘rt barmoq kengligida ochib turish.

12. Ruku’da qo‘l barmoqlarini ochib, ikki tizza ko‘zini mahkam ushlash, boshni orqa bilan bir tekis qilish, belini to‘g‘ri tutish, kamida uch marta “Subhaana robbiyal aziym”, deyish.

13. Ruku’dan bosh ko‘targach, a’zolar halovat topguncha biroz turish.

14. Qiyomdan sajdaga borishda avval tizzani, keyin kaftni, keyin burunni, oxirida peshonani qo‘yish. Sajdadan qiyomga turishda buning teskarisi qilinadi: avval peshona, keyin burun, keyin kaftlar, oxirida tizza yerdan ko‘tariladi.

15. Sajdada peshonani qo‘llar orasiga olish, barmoqlarni jipslab, bosh barmoqni qulog‘i to‘g‘risida ushlash, kamida uch marta “Subhaana robbiyal a’laa” deyish.

16. Sajdada erkaklar oyoqlari, tizzalari, qo‘llari, peshonasi, burni yerga tegib turishi, bilaklarini yerga ham, qorniga ham tekkazmay tutishi (Ayollar sajdada qorinlarini sonlariga, qo‘llarini yerga tekkazib turishadi).

17. Ikki sajda orasida o‘tirish. Bunda ikki kaft xuddi tashahhuddagidek tizzalar ustiga qo‘yiladi.

18. Erkaklarning chap oyoq ustiga o‘tirishi, o‘ng oyog‘ini tik qilib, barmoq uchlarini qiblaga qaratishi (Ayollar esa ikki oyog‘ini o‘ng tomonga chiqarib, chap dumbasiga o‘tiradi).

19. Tashahhuddan so‘ng salavot aytish, keyin Qur’onda, hadislarda kelgan duolarni o‘qish.

20. Namozdan chiqayotganda avval o‘ng, keyin chap tomonga salom berish.

21. Imomning har ikki tomonga salom berayotganida jamoatni, himoya qiluvchi farishtalarni, solih jinlarni niyat qilishi.

22. Iqtido qilgan kishining, imom o‘ng tomonda bo‘lsa, o‘ngga bergan, chapda bo‘lsa, chapga bergan, oldida bo‘lsa, har ikki tomonga bergan salomida imomni, jamoatdagi birodarlarini, himoya qiluvchi farishtalarni, solih jinlarni niyat qilishi.

23. Yolg‘iz namoz o‘qigan kishi salom berayotganda faqat farishtalarni niyat qilishi.

24. Jamoat salomini imom salomiga ergashtirishi.

25. To‘rt yoki uch rakatli farz namozlarining uchinchi, to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasini qiroat qilish. Lekin nafl (jumladan, ta’kidlangan sunnat) namozlarining uchinchi, to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasi bilan zam sura o‘qish vojibdir.

26. Farz namozlarini jamoat bo‘lib o‘qish.

Mazkur sunnat amallarni tark etish bilan namoz buzilmaydi, lekin go‘zal suratda ado etilmagan bo‘ladi. Demak, namozni xushu’ bilan o‘qishda, ulug‘ ajr-savoblar olishda namozdagi sunnat amallar o‘rni katta.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 207416
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24148
  • 18581
  • 12536
  • 15453