NAMOZ MUSTAHABLARI
5.1.2018 6009

1. Erkaklarning takbiri tahrima aytishda qo‘llarini ko‘ylak yengidan chiqarishlari.

2. Namoz o‘qiyotganda esnoq yoki yo‘tal kelsa, kuchi yetganicha qaytarish, iloji boricha yo‘talmaslikka harakat qilish.

3. Beixtiyor esnoq kelganida o‘ng qo‘l orqasi bilan og‘izni berkitish, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam biron marta esnamaganlarini yodga olish.

4. Muqim kishining bomdod namozida Fotiha surasidan so‘ng uzunroq, shom namozida qisqaroq, boshqa namozlarda o‘rtacha suralarni o‘qishi.

5. Sajdada barmoq oralarini zichlash, boshni ikki qo‘l orasiga, bosh barmoqni quloq to‘g‘risiga qo‘yish, qo‘l barmoqlari uchini, oyoq panjalarini qiblaga qaratish.

6. Namozni yolg‘iz o‘qiganda ruku’larda, sajdalarda tasbehni 3 martadan ko‘p (5, 7, 9 yoki 11 marta) aytish.

7. Qiyomda sajda o‘rniga, ruku’da oyoq barmoqlariga, sajdada burunga, qa’dada ko‘krakka, salom berayotganda yelkaga qarash.

8. Namozda tavoze’ bilan, o‘zini xokisor tutib turish.

Yuqorida sanalgan amallar namoz odoblari ham deyiladi. Ularga amal qilinsa, namoz yanada mukammal bo‘ladi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 229181
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 101249
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 51193
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 49401
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

25687
  • 20251
  • 13614
  • 16793