NAMOZ FARZLARI
5.1.2018 6304

Namozda o‘n ikkita farz amal bor. Namozdan tashqarida oltita farz amal bo‘lib, ular “namoz shartlari”, namoz ichidagi olti farz esa “namoz ruknlari” deyiladi.

Namoz shartlari quyidagilar:

1. Tana pok bo‘lishi (Tahoratsiz bo‘lsa, tahorat olish, junub bo‘lsa, g‘usl qilish).

2. Kiyim pok, avratni berkitadigan bo‘lishi.

3. Namoz o‘qiladigan joy pok bo‘lishi.

4. Namoz vaqti kirishi (Vaqti kirmay turib o‘qilgan namoz farz o‘rniga o‘tmaydi).

5. Namozni qiblaga yuzlanib o‘qish.

6. Namoz o‘qishga niyat qilish.

Namoz ruknlari quyidagilar:

1. Takbiri tahrima (“Allohu akbar” deb namozga kirish).

2. Qiyom (namozda tik turish. Sog‘lom kishi tik turishi farz. Agar bemor bo‘lsa, o‘tirib, bunga ham qodir bo‘lmasa, yonboshlab o‘qish mumkin).

3. Qiroat (namozda Qur’on suralari yoki oyatlarini o‘qish).

4. Ruku’ qilish (ikki qo‘l tirsaklarini bukmasdan tizzalarini ushlagan holda boshni egish. Bunda bel to‘g‘ri qilinishi, bosh bilan bel bir tekisda bo‘lishi kerak).

5. Sajda qilish (peshonani yerga qo‘yish. Bunda ham bel to‘g‘ri bo‘lishi shart).

6. Qa’dai oxir (oxirgi qa’dada tashahhud miqdoricha o‘tirish).

Agar bu amallardan birontasi tark etilsa yoki noto‘g‘ri bajarilsa, namoz buziladi, uni qaytadan o‘qish lozim bo‘ladi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 68175
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

9906
  • 5523
  • 3571
  • 5576