Ассалому алейкум
Mavzu:

Qanday qilib so‘kishni tashlash mumkin? 07.06.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Menda so‘kinish odati bor. Xudodan ko‘p marta so‘raganman so‘kishni tashlashni. Uyda so‘kmayman, faqat o‘rtoqlarim orasida so‘kinaman... So‘kishni tashlashni so‘rash duosi bormi? Men so‘kishni tezroq tashlamoqchiman. Agar shunday duo bor bo‘lsa, menga o‘rgating. Javob uchun oldindan rahmat! 





Bo`lim
11931
Javob:

 Va alaykum assalom. So‘kishni tashlash uchun avvalambor, inson o‘zi harakat qilishi, irodasini ishga solib, tilini tiyishi, aqlli bo‘lib, o‘zini bosib tura olishi kerak. To‘g‘ri, so‘kishni tashlashga harakat qilish bilan bu ishni yengil qilishini so‘rab Allohga duo qilish, shayton vasvasasidan panoh so‘rash mumkin. Ammo hamma ishni duo bilangina bitirib bo‘lmaydi. Balki bunda ko‘p narsa insonning o‘ziga bog‘liq. Hayotda ba’zi ishlar borki, unda banda qo‘lidan biron ish kelmaydi. Hammasi duoga, Allohning yordam berishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Yana shunday holatlar ham borki, faqat duoning o‘zi bilangina maqsadga erishish mumkin emas. So‘kishni tashlash ham faqat duo bilan qilib bo‘lmaydigan, asosan insonning o‘ziga bog‘liq ishlardandir. Zero, so‘kish inson ixtiyoridagi amal bo‘lib, bu illatni tashlash uning o‘ziga bog‘liq. 

Biz quyida so‘kish illati bilan bog‘liq ba’zi rivoyatlarni keltiramiz. Bular sizga so‘kishni tashlashda yordam beradi va so‘kishga majbur bo‘lingan hollarda qanday yo‘l tutish lozimligini o‘rgatadi. 

Sulaymon ibn Surad roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Men Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan o‘tirgandim, ikki kishi so‘kishib qoldi. Ulardan birining yuzi qizarib, tomirlari bo‘rtib ketdi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam: “Men bir so‘zni bilaman, agar u o‘sha so‘zni aytsa, undagi narsa ketadi. Agar “auvzu billahi minash-shaytonir-rojiym”, desa, o‘sha holatdan forig‘ bo‘ladi”, dedilar. Shu payt unga: “Nabiy sallallohu alayhi va sallam senga shaytondan panoh tila, dedilar”, deyishdi. U esa: “Menda jinnilik bormi?” dedi”(Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Nasoiy rivoyati). 

G‘azab va so‘kinish shaytondandir. Bu illatga barham berish uchun shayton vasvasasidan panoh tilash kerak. Buning uchun g‘azab kelganida yoki biron narsadan jahl chiqib, kimnidir haqoratlash haqidagi fikr tug‘ilganida “a’uvzu billahi minash-shaytonir-rojiym”, deyish va irodani ishga solish kerak. 

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Ikki so‘kishganning gunohi birinchi boshlagangadir. Magar mazlum hadidan oshmagan bo‘lsa” (Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ahmad, Ibn Hibbon va Abu Ya’lo rivoyati). 

So‘kishni birinchi boshlagan gunohkor bo‘ladi. Ammo so‘kilayotgan odam raqibiga “munosib” javob qaytarsa, u ham gunohga sherik bo‘ladi. 

Abu Tamima al-Hujaymiy qavmidan bo‘lgan bir kishidan rivoyat qiladi: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:“Agar bir kishi seni o‘zingda bor narsalar bilan so‘ksa, sen uni undagi narsalar bilan so‘kma! Shunda uning ajri senga, gunohi unga bo‘ladi. Qulog‘ingni xursand qiladigan narsalarni eshit. Qulog‘ingga yoqmaydigan so‘zlarni eshitishdan saqlan!” deganlar” (Imom Ahmad ,Tabaroniy , Nasoiy va Abu Nuaym rivoyati). 

Demak, so‘kinishdan tiyilish bilan banda savobga erishadi. 

Quyidagi rivoyatda so‘kinishga majbur bo‘lgan hollarda qanday yo‘l tutish lozimligi aytiladi. 

Said ibn Musayyabdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalari bilan o‘tirgandilar. Bir kishi Abu Bakrni haqoratlab, unga ozor berdi. Abu Bakr jim turdi. U ikkinchi marta ozor berdi. Abu Bakr yana jim turdi. Ammo u uchinchi marta ham ozor berdi. Shunda Abu Bakr unga javob qaytardi. Abu Bakr javob qaytarishni boshlaganida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib ketdilar. Abu Bakr: “Ey Rasululloh, mendan jahlingiz chiqdimi?” deb so‘radi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Osmondan bir farishta tushib, u senga aytgan narsalarni yolg‘onga chiqarib turgandi. Sen unga javob qaytarishni boshlagach, shayton tushdi. Men shayton bor joyda o‘tirgan emasman”, dedilar” (Abu Dovud, Bayhaqiy va Tabaroniy rivoyati). 

Demak, inson boshqalar tarafidan haqorat qilinsa ham jim turishi, tilini fahsh so‘zlardan tiyishi kerak. Sababi so‘kuvchiga farishtalar munosib javob qaytaradilar. Ammo mutloq haqqining poymol qilinishiga yo‘l qo‘yish ham yaramaydi. Bunda vaziyatga qarab ish tutiladi. Inson sha’ni oyoq osti qilinmaydigan holatda so‘kuvchiga sukut bilan javob qaytariladi. Boshqa hollarda o‘z sha’nini himoya qilish kerak. Vallohu a’lam.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 207212
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Qanday qilib so‘kishni tashlash mumkin? 07.06.2017

Assalomu alaykum. Menda sokinish odati bor. Xudodan kop marta soraganman sokishni tashlashni. Uyda sokmayman, faqat ortoqlarim orasida sokinaman... Sokishni tashlashni sorash duosi bormi? Men sokishni tezroq tashlamoqchiman. Agar shunday duo bor bolsa, menga orgating. Javob uchun oldindan rahmat!

11931