Ассалому алейкум
Mavzu:

Qanday yo‘l tutish kerak? 04.03.2017

Savol:

    Assalomu alekum. Men sizlarni maqolalaringizni muntazam o‘qib boraman. Ko‘p yechilmagan masalalarga olimlarimiz tomonidan din peshvolari tomonidan berilgan eng to‘g‘ri javoblarni berib insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatasizlar. Meni bir savol qiynab kelmoqda. Bir tanishim ota - onasidan pinhona sevgan qizi bilan shariy nikohdan o‘tib yashab yurishgan edi. Va farzandlik bo‘lishdi. Ular juda baxtli. Lekin bolani opalari bundan xabar topishdi va bolaga yo onamizni yoki xotinigni tanlaysan deyishmoqda. Chunki bu qizni to‘y qilib, olib bermaganmiz deb shart qo‘yishdi. Yigit shu sharoitda qanday yo‘l tutsa eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Iltimos yordam beringlar!

Bo`lim
7680
Javob:

   Va alaykum assalom. Bu yerda xato ota-onasiga aytmasdan “sevgan” qiziga uylanib olishdan boshlangan. Agar to‘ydan oldin ularning roziliklarini olib, bamaslahat ish qilinganida bunday bo‘lmasdi...
    Orada farzand bor. Bu yoqda opalar pinhona to‘ydan xabar topishgan. Xo‘sh, nima qilish kerak? Yigit bu yerda tadbirkorlik qilib, aql-idrokini ishga solib, to‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak. Chunki u ota-onasidan, yaqinlaridan ham, jufti halolidan, farzandidan ham voz kecha olmaydi. Shunday yo‘l tutsinki, hammalari o‘zaro rozilikda hayot kechirishsin, uzr-ma’zur so‘rash kerak bo‘lsa, so‘ralsin, xushmuomalalik bilan ora isloh qilinsin, deb maslahat beraman.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216295
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Qanday yo‘l tutish kerak? 04.03.2017

Assalomu alekum. Men sizlarni maqolalaringizni muntazam oqib boraman. Kop yechilmagan masalalarga olimlarimiz tomonidan din peshvolari tomonidan berilgan eng togri javoblarni berib insonlarga togri yol korsatasizlar. Meni bir savol qiynab kelmoqda. Bir tanishim ota - onasidan pinhona sevgan qizi bilan shariy nikohdan otib yashab yurishgan edi. Va farzandlik bolishdi. Ular juda baxtli. Lekin bolani opalari bundan xabar topishdi va bolaga yo onamizni yoki xotinigni tanlaysan deyishmoqda. Chunki bu qizni toy qilib, olib bermaganmiz deb shart qoyishdi. Yigit shu sharoitda qanday yol tutsa eng togri yol boladi. Iltimos yordam beringlar!

7680