Ассалому алейкум
Mavzu:

Farzandiga “Muhammad” ismini qo‘yish joizmi? 10.12.2016

Savol:

     Assalomu alaykum, qori aka! Aytishlariga qaraganda, farzandga “Muhammad” ismini qo‘ymoqchi bo‘lsa, yoniga biror-bir qo‘shimcha qo‘shish kerak ekan. Ya’ni, Muhammadali, Muhammadjon kabi. Bu haqida ahli ilmlar fikri qanday? Shu to‘g‘rimi? Insonga “Muhammad” ismining o‘zini qo‘ysa bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!

Bo`lim
46053
Javob:

   Va alaykum assalom. Musulmon kishi farzandiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ismlarini qo‘yishi joiz. Bunga hech qanday mone’lik yo‘q. Hatto “Muhammad” ismining fazilati haqida hadislar ham naql qilingan.

 

عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ وُلِدَ لَهُ ثَلاثَةٌ فَلَمْ يُسَمِّ أَحَدَهُمْ مُحَمَّدًا فَقَدْ جَهِلَ. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ فِي الْكَبِيرِ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ.

 

    Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimning uch nafar farzandi bo‘lib, ulardan biriga “Muhammad” ismini qo‘ymasa, aniq johillik qilibdi”, deganlar” (Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi zaif).
      Bu bobda boshqa rivoyatlar ham bor.

 

وَعَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِذَا سَمَّيْتُمْ الْوَلَدَ مُحَمَّدًا فَأَكْرِمُوهُ وَأَوْسِعُوا لَهُ الْمَجْلِسَ وَلاَ تُقَبِّحُوا لَهُ وَجْهًا. رَوَاهُ الدَّيْلَمِيُّ وَالْخَطِيبُ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ.

 

     Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Agar bolaga “Muhammad” ismini qo‘ysangiz, uni hurmatlang, majlisda unga kengroq joy bering va uni “qobbahallohu vajhak” (Alloh yuzingni xunuk qilsin, Alloh seni O‘z rahmatidan uzoqlashtirsin!) degan so‘zlar bilan qarg‘amang!” (Daylamiy va Xatib rivoyati. Rivoyat sanadi zaif).
    Bu hadisga ko‘ra, “Muhammad” ismli bolakaylarni izzat qilish, ularga ozor bermaslik kerak. Arablarda biror kishi birorta yomon ish qilsa, unga “qobbahakalloh!” (Alloh seni qabih, rahmatdan uzoq qilsin!) yoki “qobbahallohu vajhak!” (Alloh yuzingni qora qilsin!) degan qarg‘ish so‘zlarni gapirish odat edi. Ushbu hadisda farzandlarga Muhammad ismi qo‘yilgan bo‘lsa, unga nisbatan xunuk so‘zlarni gapirmaslik, uni qarg‘amaslik va la’natlamaslik kerakligi ta’kidlanmoqda. Hadisda muayyan bir qarg‘ish va la’nat turi zikr qilinishining sababi boshqacha qarg‘ish bilan qarg‘ash mumkinligini anglatmaydi, balki, mazkur la’nat arablarda eng ko‘p yoyilgan qarg‘ish turlaridan bo‘lganligi uchun ham aynan o‘sha so‘z tilga olingan, xolos.

 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: تَسَمَّوْا بِاسْمِي وَلاَ تَكْتَنُوا بِكُنْيَتِي. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ وَابْنُ حِبَّانَ.

 

     Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Mening ismim bilan ismlaninglar, ammo kunyam bilan kunyalanmanglar” (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Ibn Moja, Ahmad, Ibn Hibbon “Sahih”da rivoyat qilgan). Ushbu hadisga ko‘ra, farzandiga “Muhammad” deb ism qo‘yish joiz.
    Xullasi kalom, “Muhammad” ismining o‘zini qo‘ysa bo‘ladi. Unga “jon”, “xon”, “Amin”, “Sodiq”, “Ali” kabi qo‘shimcha va ismlar qo‘shish shart emas. Lekin, qo‘shimcha qo‘shsa ham bo‘ladi. Va farzandlarga “Muhammad” ismi qo‘yilgan bo‘lsa, uni so‘kish, haqoratlash, urish va la’natlash, ozor berish va xafa qilish yaxshi emas. Ayniqsa, uni “Muhammad” ismi bilan chaqirgan holda qo‘pol gapirish yaxshi emas. Chunki, bunda qaysidir ma’noda Nabiy alayhissalomga nisbatan hurmatsizlik hosil bo‘ladi. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 215655
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Farzandiga “Muhammad” ismini qo‘yish joizmi? 10.12.2016

Assalomu alaykum, qori aka! Aytishlariga qaraganda, farzandga Muhammad ismini qoymoqchi bolsa, yoniga biror-bir qoshimcha qoshish kerak ekan. Yani, Muhammadali, Muhammadjon kabi. Bu haqida ahli ilmlar fikri qanday? Shu togrimi? Insonga Muhammad ismining ozini qoysa bolmaydimi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat. Alloh rozi bolsin!

46053