Ассалому алейкум
Mavzu:

Odam bolasining zinodan bo‘lgan ulushi 27.11.2017

Savol:

Assalomu alaykum. “Begona qizlarga gap otish hukmi” nomli maqolada bir hadis keltirilgan. Shu hadisdagi “Odam bolasiga zinodan bo‘lgan nasibasi yozilgan. Buning yetishida shubha yo‘q” so‘zlari, inson xohlaydimi, yo‘qmi, o‘ziga belgilangan ma’lum miqdordagi zinoga qo‘l uradi, mazmunini ifodalaydimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

Bo`lim Boshqa mavzular
9556
Javob:

Va alaykum assalom. Rivoyatdagi “Odam bolasiga zinodan bo‘lgan nasibasi yozilgan. Buning yetishida shubha yo‘q” jumlasi ulamolar tomonidan turlicha izohlangan. Jumladan, Alloh taolo azalda Lavhul mahfuzda bandaning zinoga rag‘bat qilishini yozib qo‘ygan. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Taqdir majburlash emas, balki taqdir Alloh bandaning kelajakda nima amal qilishini bilishidir. Alloh bandasiga ko‘z, qo‘l, og‘iz, oyoq ne’matlarini bergan va bular zinoda ma’lum miqdorda “xizmat” qiladi. Ammo mazkur a’zolarni haromdan tiya bilish bilan bandaning salohiyati namoyon bo‘ladi. Hadisning oxirida “jinsiy a’zo uni tasdiqlaydi yoki yolg‘onga chiqaradi” deyilishi shunga dalolat qiladi.

“Buning yetishida shubha yo‘q”, deganda Allohning taqdiri yuz berishi aniqligi, banda o‘zining taqdiridan qochib qutula olmasligi nazarda tutiladi. Hayotda guvohi bo‘lib turganimizdek, nomahramlarga umuman nazari tushmagan, tili yoki oyog‘i bilan bilib-bilmay majoziy zinoga qo‘l urmagan odam deyarli topilmaydi. Juda bo‘lmasa, qalbiga vasvasa kelib, shayton zinoni unga ziynatlab ko‘rsatadi. Bironta ham odam bunday kamchilikdan xoli emas. Ammo bu bemalol zinoga qo‘l urish joizligini bildirmaydi. Balki undan tiyilish, zinoning elchilari bo‘lgan ishlardan saqlanish talab etiladi.

Ulamolar zinoni ikki turga bo‘lishgan: haqiqiy va majoziy zino. Haqiqiy zino ikki farj yordamida qilinadigan jinsiy aloqa bo‘lib, buning uchun shar’iy jazo belgilanadi. Majoziy zino esa ko‘z, til va oyoq a’zolari vositasida sodir etiladigan zinodir. Imom Navaviy “Sahihu muslim”ga yozgan sharhida: “”Har bir odam bolasiga zinodan bo‘lgan ulushi taqdir qilingandir. Ular ichida ba’zilarining zinosi jinsiy aloqa bilan bo‘lishi mumkin. Bu haqiqiy zinodir (haromdir). Yana ular ichida nomahramlarga nazar solish, qaytarilgan narsalarni eshitish, begona ayolni ushlash, o‘pish, zino qilinadigan joyga yurib borish, zino haqida o‘ylash bilan zino sodir etuvchilar ham bordir. Bu majoziy zinodir”, deyilgan. Ibn Battol shunday degan: “Ushbu hadisda nomahramlarga nazar solish va ular bilan so‘zlashish zino deyilmoqda. Sababi ular bandani haqiqiy zinoga yetaklaydi”.

Shunday ekan, bu ishlarning barchasidan saqlanish shart. Zero, shariatimizda zinoga olib boruvchi har qanday ish qoralanadi. Alloh taolo oyati karimada “Zinoga yaqinlashmanglar!” deb ta’kidlagan. Zinoga yaqinlashmaslik ko‘z, qo‘l, oyoq, og‘iz va boshqa a’zolarni zinodan saqlash bilan bo‘ladi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 73340
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Odam bolasining zinodan bo‘lgan ulushi 27.11.2017

Assalomu alaykum. Begona qizlarga gap otish hukmi nomli maqolada bir hadis keltirilgan. Shu hadisdagi Odam bolasiga zinodan bolgan nasibasi yozilgan. Buning yetishida shubha yoq sozlari, inson xohlaydimi, yoqmi, oziga belgilangan malum miqdordagi zinoga qol uradi, mazmunini ifodalaydimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

9556