Ассалому алейкум
Mavzu:

Ota-onasini qarovsiz qoldirgan farzand oq bo‘ladimi? 16.11.2017

Savol:

Assalomu alaykum! Kishining oilam, farzandlarim, uy-joyim va farovon xayotim deb o‘z ota-onasini tashlab aloxida yashashi yoki ota-onaga vakt ajratmasligi yoxud ota-onani tashlab chetga chikib ketishi yoinki ota-onani farzandga muxtoj kilib koldirib ketishi oq bo‘lishi alomatlaridanmi?

Bo`lim Muomalotlar
5576
Javob:

Va alaykum assalom. Ota-onaga yaxshilik qilish, ularni qarovsiz qoldirmaslik Dinimiz qat’iy talab etgan ishlardandir. Har bir mo‘min-musulmon banda ota-onasiga g‘amxo‘rlik qiladi, ularga muloyim muomalada bo‘ladi, mol-dunyosi bilan, tanasi bilan xizmatlarida qoim turadi.

Oq bo‘lish haqida gapiradigan bo‘lsak, bu juda ham og‘ir narsa. Oq bo‘lgan farzand jannatga kirish u yoqda tursin, hatto uning hidini-da hidlamasligi haqida hadislar bor.

Ulamolar aytishicha, ota-ona tili bilan “Oq qildim!” deyishi shart emas ekan. Ularning qalbi og‘risa, farzanddan qattiq ranjishsa ham oq tushar ekan. Shuning uchun, Allohga va oxirat kuniga ishonadigan har bir banda bu borada juda ehtiyot bo‘lishi kerak. Chunonchi, yaxshi yashash, farovon hayotga erishish va shu kabi havoyi narsalarni deb chet ellarga ketib qolish, ota-onasini yillab qarovsiz, mehrga muhtoj holida tashlab ketish juda ham noma’qul ishdir. Bu narsa, agar ota-onani nihoyatda ranjitadigan, ko‘ngillariga og‘ir botadigan bo‘lsa, farzandning oq bo‘lishiga sabab ekanini unutmaylik.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 83672
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Ota-onasini qarovsiz qoldirgan farzand oq bo‘ladimi? 16.11.2017

Assalomu alaykum! Kishining oilam, farzandlarim, uy-joyim va farovon xayotim deb oz ota-onasini tashlab aloxida yashashi yoki ota-onaga vakt ajratmasligi yoxud ota-onani tashlab chetga chikib ketishi yoinki ota-onani farzandga muxtoj kilib koldirib ketishi oq bolishi alomatlaridanmi?

5576