Ассалому алейкум
Mavzu:

Guruchni bo‘yab sotsa bo‘ladimi? 03.03.2017

Savol:

    Men guruch bozorda ishlayman. Guruch sotaman. Tog‘oraning ichiga nukus quyub, ustiga vzros sepib vizros deb sotaman. Lekin oshi bir xil bo‘ladi. Narxi ham arzon. Rastadagilar ham xuddi shunday qilib sotadi. Keyin sifat uchun bo‘yayman. Shuni xukmi qanday? Javob uchun katta rahmat!

Bo`lim Muomalotlar
6673
Javob:

    Va alaykum assalom. Vosila ibn Asqo’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Biz savdogarlar edik (savdo-sotiq bilan shug‘ullanardik). Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizning oldimizga chiqib: “Ey savdogarlar jamoasi, yolg‘ondan ehtiyot bo‘linglar!” deb aytardilar” (Tabaroniy rivoyat qilgan).
    Rivoyat qilinishicha, bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
– Tojirlar fojirlardir, – dedilar.
Shunda odamlar so‘rashdi:
– Ey Rasululloh, savdo halol qilingan emasmi?
– Ha, (halol qilingan). Lekin ular qasam ichadilar va gunohga botadilar, gapiradilar va aldaydilar, – dedilar (Ahmad rivoyat qilgan).

    Baraka rostgo‘ylik, haqiqatni ro‘y-rost aytishga yaqindir. Balo-ofat, bebarakalik yolg‘on, aybni yashirish, aldovga yaqin sanaladi. Voqelik so‘zimizning isbotidir. Biron rostgo‘y odamni ko‘rsangiz uning odamlar tarafidan hurmat qilinishiga, maqtov aytilishiga, kasb-korida baraka borligi, odamlar bilan yaxshi muomala qilishiga guvoh bo‘lasiz. Bunday odamning qalbi ham xotirjam bo‘ladi, topganiga baraka beriladi. Zero, baraka molning ko‘pligida emas, balki rostgo‘ylikda, halollikda, omonatni saqlashdadir. Inson savdo-sotiqda halol bo‘lsa, molining aybini aytib sotsa, o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantiriladi, Alloh uning ishidan rozi bo‘ladi, kasbiga baraka beradi. Bu bilan siddiq banda dunyoyu oxirat saodatini qo‘lga kiritadi. Buning aksi o‘laroq yolg‘onchilikda odam birinchi navbatda o‘z joniga javr qiladi, Alloh dargohida qattiq gunohkor, kazzob sanaladi. oqibatda uning qadr-qiymati, hurmat bo‘lmaydi, odamlar mehr-muhabbatini qozona olmaydi. Yolg‘onchining qilmishidan odamlar aziyat chekadi, ayniqsa, savdo-sotiqda sifatsiz, o‘tmas mahsulotni olib, chuv tushib qoladi. Bir-ikki marta aldanadi, keyin makkor savdogar kim ekanini yaxshi bilib, undan boshqa narsa sotib olmaydi. Mana shu va boshqa omillar sabab bo‘lib, aldoqchi savdogar kasbidan baraka ketadi. Alloh taolo yolg‘on aralashgan mol-dunyoga baraka bermaydi. Aldoqchi yeru ko‘kda kazzob sanaladi. yolg‘onchilik xorlikka olib boradi. odamlar yolg‘onchini la’natlaydi, haqorat qiladi. Bu aldovning dunyodagi ayrim jazolari. Kazzob oxiratda ham og‘ir jazolarga mustahiq bo‘ladi. Zero, yolg‘onchilik fujurga, fujur esa jahannamga yetaklaydi.
    Xullas, savdoda halol bo‘ling, birovning haqidan qo‘rqing, har bir guruch navini alohida qilib, xaridorga tushuntirib, yolg‘on gapirmasdan, haqiga xiyonat qilmasdan soting. Avangardni avangard deb, alangani alanga, lazerni lazer deb soting, orada sifatsiz guruchlar qo‘shish, sechka aralashtirish, ko‘zga chiroyli ko‘rinishi uchun turli usullarni qo‘llash bo‘lmaydi. Zero, Allohga va oxirat kuniga imoni bor inson zinhor aldamaydi, o‘zgalar haqidan hazar qiladi, halol ishlaydi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 183063
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Guruchni bo‘yab sotsa bo‘ladimi? 03.03.2017

Men guruch bozorda ishlayman. Guruch sotaman. Togoraning ichiga nukus quyub, ustiga vzros sepib vizros deb sotaman. Lekin oshi bir xil boladi. Narxi ham arzon. Rastadagilar ham xuddi shunday qilib sotadi. Keyin sifat uchun boyayman. Shuni xukmi qanday? Javob uchun katta rahmat!

6673