Ассалому алейкум
Mavzu:

Molning pulini bo‘lib-bo‘lib bersa bo‘ladimi? 24.01.2017

Savol:

    Assalomu alaykum Odilxon qori aka! Sizdan bir savolga javob olmoqchiman. Bir ishlab chiqarish qilgan edim. Moddiy tarafdan qiynalib qoldim. Vaziyatni o‘nglash uchun uyimni bir kishiga sotib, keyin undan oyma-oy pul berib qaytarib sotib olsam ribo bo‘lib qolmaydimi? U odam ham foydasini qo‘yadi. Har- xil holat bo‘lib, pul cho‘zilib qolsa qo‘shib berasan degan kelishuv yo‘q.

Bo`lim Muomalotlar
9603
Javob:

    Va alaykum assalom. Molni naqd berib, pulini muayyan muddatda bo‘lib-bo‘lib olish sharti bilan tuzilgan shartnoma taqsit savdosi deyiladi. Masalan, siz birovdan uyni sotib olasiz, pulini naqd bermaysiz, yillar davomida bo‘lib to‘laysiz. Bu ish joiz. Faqat narxi oldindan kelishib olinsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Bunda sotuvchi mol narxini naqddidan ko‘ra qimmatroq aytish huquqiga ega (Odatda, shunday bo‘ladi). Misol uchun, naqd (ayni kunda) 5000.000 so‘mlik molga bir yil muddatda to‘lash sharti bilan 6000.000 so‘m berasiz, deyishi joiz. Shunga qarab xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida kelishuv bo‘ladi. Biron narsani (masalan, avtomobil, televizor, kir yuvish mashina va hokazolarni) kreditga (nasiyaga) olishda ham shunday qilinadi. Vallohu a’lam!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216326
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Molning pulini bo‘lib-bo‘lib bersa bo‘ladimi? 24.01.2017

Assalomu alaykum Odilxon qori aka! Sizdan bir savolga javob olmoqchiman. Bir ishlab chiqarish qilgan edim. Moddiy tarafdan qiynalib qoldim. Vaziyatni onglash uchun uyimni bir kishiga sotib, keyin undan oyma-oy pul berib qaytarib sotib olsam ribo bolib qolmaydimi? U odam ham foydasini qoyadi. Har- xil holat bolib, pul chozilib qolsa qoshib berasan degan kelishuv yoq.

9603