Ularni “onamiz” deyish mumkinmi? 04.01.2016
Savol:Assalomu alaykum Hazrat! Alloh taolo ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim shuki, Rasululloh (s.a.v) ning onalari Omina yoki ularni emizgan sut Onalari Halimani bir do‘stimiz Omina onamiz, Halima onamiz deb gapiradi. Shu to‘g‘rimi? Ularni onamiz desak xato bo‘lmaydimi?
Bo`lim Odob-axloq8928
Va alaykum assalom. Qur’oni karimda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning pokiza ayollari (jufti halollari) yer yuzidagi barcha mo‘min-musulmonlar uchun ona sanalishadi. Shu bilan birga Payg‘ambar alayhissalom onalarini ham ona deymiz. Albatta, bu hurmat yuzasidan aytiladi. Odatda, orada nasab jihatidan yaqinlik bo‘lmasa-da, katta yoshli inson kichiklarga mehr ko‘rsatib, o‘ziga yaqin olib “O‘g‘lim”, kichiklar esa kattalarga hurmat yuzasidan “Ota”, “Ona”, “Bobo”, “Buvi” deb murojaat qiladi. Bu shar’an joiz sanaladi. Shundan kelib chiqib, muhtaram Payg‘ambarimiz onalari Omina bilan Halima Sa’diyani “onamiz” desak bo‘ladi. Vallohu a’lam!