“Tajvid qoidalari” kitobini ko‘chirib olish mumkinmi? 14.12.2016
Savol:Assalomu alaykum, hurmatli ustoz, Odilxon aka. Ilmingizni Robbimiz ziyoda qilsin. Mening ismim Alijon, yoshim 33da. Doimiy ravishda davlat ishida ishlaganligim uchun, MUSTAQIL ravishda qur’onni yodlashni qasd qildim. Buning uchun Sizning "Tajvid qoidalari" kitobingizni ko‘chirib olib, o‘rganishga ruxsatingizni olmoqchiman:bevosita saytdan qog‘ozga chiqarib o‘rgansam ruxsat berasizmi (rozi bo‘lasizmi)?
Bo`lim Boshqa mavzular9786
Va alaykumus salom. Avvalo, ilmga rag‘bat qilganingiz tahsinga sazovor! Qani endi boshqalar ham siz kabi Allohning Kalomini o‘qib-o‘rganish harakatida bo‘lsa! Bizning “Tajvid qoidalari” kitobimiz O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, qo‘shni davlatlarda ham sotiladi. Narxi unchalik baland emas. Agar imkoningiz bo‘lsa, kitobni olganingiz ma’qul. Mabodo olishga imkon topilmasa, “Muxlis.uz” saytidan yuklab olib, ilm olish maqsadida qog‘ozga chiqarishga ruxsat beramiz.