Bilim bilan ilmning farqi bormi? 13.12.2016
Savol:Assalomu alaykum Ustoz! Do‘stlarim bilan bahslashib qoldik. Bilim bilan ilm so‘zlarini farqi nima? degan savolga aniqlik kiritib bersangiz! Javob uchun oldindan! Raxmat!
Bo`lim Boshqa mavzular20599
Va alaykum assalom. “Bilim” so‘zi “bilish”, “ma’lumotga ega bo‘lish”, “anglash”, “o‘zlashtirish” ma’nolarini bildiradi. “Bilim” – o‘zbekcha so‘z. “Ilm” esa arab tilidan kirgan. Ya’ni arabcha “ilmun” kalimasi ham “bilish”, “ma’lumotga ega bo‘lish” mazmunini anglatadi. Mazkur ikki so‘z orasidagi farq: biri o‘zbekcha, ikkinchisi esa arabcha ekanida. O‘zbek tilida "bilim" va "ilm" so‘zlari sinonim so‘zlar sifatida muloqotda qo‘llaniladi.