Oynaga qarab, o‘ziga oro berish gunohmi? 21.11.2016
Savol:Assalomu alaykum, qori aka. Sog‘lig‘ingiz yaxshimi? Alloh taolo, o‘tkazayotgan diniy mav’izalaringizdan rozi bo‘lsin! Sizga beradigan savolim shundan iborat: oynaga ko‘p qarash gunohmi? Bu haqida suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan hadis vorid bo‘lganmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat! Alloh ilmingizni yanada ziyoda etsin!
Bo`lim Odob-axloq8082
Va alaykum assalom. Alloh go‘zaldir, go‘zallikni yaxshi ko‘radi. Oynaga qarab, tashqi ko‘rinishini to‘g‘rilashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam oynaga qarasalar, “Barcha maqtovlar Allohga xos! Yo Alloh, shaklu shamoyilimni chiroyli yaratganingdek, xulqimni ham go‘zal qil!” deb duo qilar edilar. (Ibn Sunniy rivoyati).
Demak, mo‘min banda oynaga qarab, libosi va sochini tuzatsa bo‘ladi. Lekin bunda ham me’yorni unutmaslik kerak. Huda-behudaga oynaga qarayverish, oyna oldida soatlar vaqtini bekor ketkazish yaxshi emas. Vallohu a’lam!