Ассалому алейкум
Mavzu:

Ota-onasini qarovsiz qoldirgan farzand oq bo‘ladimi? 03.11.2016

Savol:

    Assalomu alaykum! Kishining oilam, farzandlarim, uy-joyim va farovon xayotim deb uz ota-onasini tashlab aloxida yashashi yoki ota-onaga vakt ajratmasligi yoxud ota-onani tashlab chetga chikib ketishi yoinki ota-onani farzandga muxtoj kilib koldirib ketishi ok bulishi alomatlaridanmi?

Bo`lim Odob-axloq
7902
Javob:

    Va alaykum assalom. Ota-onaga yaxshilik qilish, ularni qarovsiz qoldirmaslik Dinimiz qat’iy talab etgan ishlardandir. Har bir mo‘min-musulmon banda ota-onasiga g‘amxo‘rlik qiladi, ularga muloyim muomalada bo‘ladi, mol-dunyosi bilan, tanasi bilan xizmatlarida qoim turadi.
    Oq bo‘lish haqida gapiradigan bo‘lsak, bu juda ham og‘ir narsa. Ota-onasiga aziyat berib, ularga oq bo‘lgan insonga dunyoyu oxiratda birqancha azobu uqubatlar bilan jazo beriladi. Ulamolar aytishicha, ota-ona tili bilan “Oq qildim!” deyishi shart emas ekan. Ularning qalbi og‘risa, farzanddan qattiq ranjishsa ham oq tushar ekan. Shuning uchun, Allohga va oxirat kuniga ishonadigan har bir banda bu borada juda ehtiyot bo‘lishi kerak. Chunonchi, yaxshi yashash, farovon hayotga erishish va shu kabi havoyi narsalarni deb chet ellarga ketib qolib, ota-onasini yillab qarovsiz, mehrga muhtoj holida tashlab ketish juda ham noma’qul ishdir. Bu ham oq bo‘lishning bir ko‘rinishi hisoblanadi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 206708
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар