Ассалому алейкум
Mavzu:

Onaning xatosi uchun farzandi onasidan o‘ch olishi mumkinmi? 12/.10.2016

Savol:

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz! Muxlis.uz sayt jamoasiga va albatta sizga tashakkur bildirgan holda sizdan bir muhim masalada yordam berishingizni so‘rab qolaman: sizga aytmoqchi bo‘lgan masala oiladagi ona va qiz o‘rtasidagi munosabat. Qiz onasiga gap qaytaradi, tengma-teng olishadi, uy yumushlarining deyarli hammasini onasi qiladi. Qiz esa dangasalik qilib, birorta yumushga qarashmaydi, onasiga sira ham rahmi kelmaydi. Undan nega bunday muomala qilayotganini so‘rasam: “Ular kichkinaligimdan hammaning oldida urardilar, urishardilar. Yana otamni pisand qilmaydilar, qarindoshlar, qo‘shnilar oldida ham kamsitadilar. Uyda faqat o‘zimiz qolganda-ku, gapirmasam ham bo‘ladi. Shu darajada qattiq gapiradilarki, hech qaysi erkak chidab turolmaydi. Lekin otam o‘ta og‘ir, vazmin, sabrli kishi bo‘lganlari uchun indamaydilar. Otamdan ham xatolik o‘tgan, lekin onamning bunday muomalasi bilan qilingan xato tuzalib qolmaydi-ku! Otamning o‘rnilariga men gapiraman”, deya javob qildi. Eng achinarlisi shundaki, u qiz ota-onaga yaxshilik qilish qay darajada muhimligi biladi, lekin ilmiga amal qilmaydi. Sizdan iltimos, o‘sha qizga yaxshilab nasihat qilsangiz. Zora nasihatlaringiz kor qilsa!

Bo`lim Odob-axloq
8967
Javob:

Va alaykumus salom. Islom dini biz mo‘min-musulmon bandalarni har bir tirik jonga rahm-shafqatli bo‘lishga undaydi. Hatto chumoliga ham ozor berishdan qaytaradi. Shunday ekan, yaratilgan jonzotlar ichida eng sharaflisi bo‘lgan inson zotiga ikki karra ko‘proq hurmat ila munosabatda bo‘linadi. Insoniyatning eng yaxshi vakillari bo‘lmish musulmonlar boshqa e’tiqoddagilarga nisbatan yaxshi muomalaga munosibdirlar. Musulmonlar ichida yaqin qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilarga o‘zgalardan ko‘ra ko‘proq muruvvat ko‘rsatiladi. Ota-ona esa inson bolasi yaxshilik qilishi kerak bo‘lgan eng muhtaram zotlardir. Ota-ona qaysi dinda, qanday martaba va yoshda bo‘lishlaridan qat’i nazar, ularning ko‘ngillarini og‘ritmaslik shart.
     Ona ilgari farzandlariga mehrsiz bo‘lgani, ularni yaxshi tarbiyalay olmagani bu boshqa masala. Onaning ba’zi xatolari sabab unga yaxshilik qilish vazifasi farzand gardanidan soqit bo‘lmaydi. Balki farzand uni dunyoga keltirib, boqib katta qilgan onasini e’zozlashi lozim bo‘ladi. “Onam menga mehr bermagan”, “yoshligimda tashlab ketgan”, “otamga hurmatsizlik qiladi” kabi bahonalar ketmaydi. Zero, farzand harchand urinmasin, onasining homiladorlik vaqtida, qolaversa to‘lg‘oq tutganda chekkan bir lahzalik og‘rig‘ining haqini ham ado etolmaydi.
    Siz aytayotgan singlimizga shuni ta’kidlaymizki, ota-onangiz o‘rtasidagi masalaga aralashmaganingiz ma’qul. Sababi otangiz gapirishi mumkin bo‘lgan gaplarni onangizga aytishga haqli emassiz. Otangiz o‘z ayoliga boshliq. Siz esa ular uchun farzandsiz, aytlarini qilishingiz kerak. Shunday ekan, ota-onangiz o‘rtasida ba’zi tushunmovchilik va hurmatsizlik sabab onangizni yomon ko‘rishingiz noto‘g‘ri. Bu ishingiz shariat ko‘rsatmalariga teskari! Unutmaylik, Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anhoni kofir onasiga rahm-shafqat ko‘rsatishga, unga yaxshi muomalada bo‘lishga buyurganlar.


Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216035
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Onaning xatosi uchun farzandi onasidan o‘ch olishi mumkinmi? 12/.10.2016

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz! Muxlis.uz sayt jamoasiga va albatta sizga tashakkur bildirgan holda sizdan bir muhim masalada yordam berishingizni sorab qolaman: sizga aytmoqchi bolgan masala oiladagi ona va qiz ortasidagi munosabat. Qiz onasiga gap qaytaradi, tengma-teng olishadi, uy yumushlarining deyarli hammasini onasi qiladi. Qiz esa dangasalik qilib, birorta yumushga qarashmaydi, onasiga sira ham rahmi kelmaydi. Undan nega bunday muomala qilayotganini sorasam: Ular kichkinaligimdan hammaning oldida urardilar, urishardilar. Yana otamni pisand qilmaydilar, qarindoshlar, qoshnilar oldida ham kamsitadilar. Uyda faqat ozimiz qolganda-ku, gapirmasam ham boladi. Shu darajada qattiq gapiradilarki, hech qaysi erkak chidab turolmaydi. Lekin otam ota ogir, vazmin, sabrli kishi bolganlari uchun indamaydilar. Otamdan ham xatolik otgan, lekin onamning bunday muomalasi bilan qilingan xato tuzalib qolmaydi-ku! Otamning ornilariga men gapiraman, deya javob qildi. Eng achinarlisi shundaki, u qiz ota-onaga yaxshilik qilish qay darajada muhimligi biladi, lekin ilmiga amal qilmaydi. Sizdan iltimos, osha qizga yaxshilab nasihat qilsangiz. Zora nasihatlaringiz kor qilsa!

8967