Hijr surasi: 9-oyat

     Alloh taolo Hijr surasining 9-oyatida shunday marhamat qiladi: “Albatta Bu Eslatmani (ya’ni, Qur’onni) Biz O‘zimiz nozil qildik va shubhasiz O‘zimiz uni saqlaguvchimiz”. Bu oyati karima asrlar osha Qur’onning ilohiy Kitob ekanini qayta-qayta isbotlab kelmoqda. Uzoq o‘tmishni qo‘ya turaylik, mana shu bizning asrimizning o‘zida (20 asr nazarda tutilmoqda) bu aziz Kitobni yo‘q qilish uchun qanchadan-qancha xurujlar bo‘lmadi. Uni o‘tda yoqdilar, daryoga o‘qizdilar, qabrlarga ko‘mdilar. Bugina emas! Yana Qur’onni yod olgan yoki hayotini shu ilohiy Kalomga amal qilib o‘tkazishni istagan millionlab ulug‘ zotlarni yo‘qotib yubordilar. Keyin-chi, keyin boshqa millionlar qo‘llarida, tillarida va dillarida bironta ham harfi ham zahalanmagan shu aziz Kitob bilan paydo bo‘ldilar! “Shubhasiz O‘zimiz uni saqlaguvchimiz”, degan ilohiy so‘zlar o‘z tasdig‘ini topdi. 
    Qur’on Alloh taolo tomonidan insoniyatga tushirilgan ilohiy kitoblarning so‘nggisidir. Binobarin, mana shu oyatda uni to qiyomat yo‘qotmay, buzmay saqlashni Haq taolo O‘z zimmasiga olgan. Ilgari o‘tgan ummatlarga nozil qilingan ilohiy kitoblarga o‘zgarishlar kiritilib, buzilgani holda (masalan, Injilning yetmishdan ortiq tarjimalari bor, lekin asl nusxasi hech qayerda yo‘q) Qur’on, mana o‘n to‘rt asrdan buyon Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga qanday nozil qilingan bo‘lsa, xuddi shunday saqlanib kelmoqda. 

 

Shayx Alouddin Mansur


Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 69529
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

10249
  • 5781
  • 3748
  • 5755