Terrorning teskari talqini
2.12.2016 6733

     Diniy ekstremizm va terrorizm ma’naviy tahdidlarning bir turi bo‘lib, ular o‘zlari mansub bo‘lgan diniy konfessiya vakillarini radikal harakatlarga chorlovchi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlashga da’vat etuvchi tajovvuzkor siyosiy faoliyatdir. Diniy ekstremistik tashkilotlar Markaziy Osiyoda mintaqa xalqlari uchun an’anaviy bo‘lgan hanafiy mazhabi va moturudiya aqidasini rad etib, musulmonlarga siyosiylashtirilgan g‘oyalarni singdirishga urinmoqda. Ular “mavjud muammolar musulmon jamoalari islomiy tusini yo‘qotgani sababli mavjud, ularning nazarida “kofir” hisoblangan hukumatlarni ag‘darib tashlash lozim”, kabi soxta diniy shiorlardan foydalanib siyosiy hokimiyatga intilmoqda.
    Diniy ekstremistlar o‘z maqsadalariga erishish maqsadida islom dinini niqob qilib, dinimizning jihod, takfir, hijrat kabi istilohlarini buzub talqin qilmoqdalar. Aslida bu atamalarning asl ma’nosi haqida ma’lumot bersak.
   

Jihod.

 

"Jihod" so‘zi – biror maqsadga erishish uchun kuch, jiddu jahd, sa’y-harakat va g‘ayratni sarf qilish kabi ma’nolarni anglatadi. U shariat va islom huquqida asosan ikki xil ma’noda ishlatiladi:

 

1. Alloh yo‘lida, islom dinini yoyish maqsadida butun kuch va imkoniyatlarni sarf qilish va ba’zida muayyan shartlar bo‘lgandagina harbiy kuch ishlatish;

 

2. Axloqiy-tarbiyaviy mohiyatga ega bo‘lib, nafs va shaytonga qarshi kurash, ya’ni nafsni tarbiyalab uni tubanlikdan qaytarish, oliy insoniy fazilatlarni unga singdirib haqiqiy insoniy yuksaklik darajasiga ko‘tarish uchun jihod qilish;

 

     Payg‘ambarimizning (s.a.v.) Islomni yoyish bilan bog‘liq faoliyatlarini tarixiy va ishonchli manbalar asosida tahlil qilgan taniqli arabshunos olim Ruqayya Maqsud shunday deydi: “Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) davrlarida amalga oshirilgan "jihod" hech qachon millatchilik, saltanatga ega bo‘lish yoki boshqa hududni bosib olish maqsadida amalga oshirilmagan. "Jihod" doimo faqat mudofaalanish vazifasini o‘tagan, dushman tomonidan yarashish to‘g‘risidagi taklif bildirilganda esa darrov to‘xtatilgan”.
     Saudiya Arabistoni muftiysi Shayx Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Muhammad mazkur mavzu yuzasidan shunday deydi: "Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) davrlarida amalga oshirilgan "jihod" hech qachon millatchilik, saltanatga ega bo‘lish yoki boshqa hududni bosib olish maqsadida amalga oshirilmagan. «Jihod» doimo faqat mudofaalanish vazifasini o‘tagan, dushman tomonidan yarashish to‘g‘risidagi taklif bildirilganda esa darrov to‘xtatilgan".

 

Xudkushlik.

 

     Pokistonlik zamonaviy hanafiy ulamolardan Tohir Qodiriy shunday deydi: “Ekstremistik tashkilotlar (xudkushlik orqali) narigi dunyoda mukofotga yetishish haqidagi cho‘pchaklari bilan yoshlarning ongini zaharlamoqdalar. Aslida esa Islom tinch aholini o‘ldirish va xudkushlik amaliyotlarini qoralaydi”.
     Pokiston ulamolari kengashining fatvosida shunday deyiladi: “Xudkushlik hujumlari Islomda mavjud bo‘lmagan g‘ayrishar’iy amal bo‘lib, haromdir”.

 

Takfir.

 

     Ma’lumki, “kufr” so‘zi berkitmoq, kofir bo‘lmoq, dinsiz bo‘lmoq ma’nolarni anglatib, imonning aksi hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, kufr atamasi ikki xil ma’no kasb etadi: birinchisi – katta kufr bo‘lib, unga ko‘ra inson dindan chiqadi va abadiy azoblanadi; ikkinchisi – kichik kufr bo‘lib, unga asosan inson dindan chiqmaydi, lekin gunohkor bo‘ladi. Takfir biror kishini kufrda ayblamoq bo‘lib, u katta gunohlardandir. Islom ta’limotiga ko‘ra agar biror kishi birodarini kofir deb atasayu, u kofir bo‘lmasa u hukm o‘ziga qaytadi.

 

Hijrat.

 

    Bu so‘z lug‘atda “ko‘chish”, “ko‘chib o‘tish” ma’nolarini bildirib, istilohda ilk Islom davrida mushriklarning tazyiqlariga uchragan musulmonlarning Makkadan boshqa yerlarga ko‘chib o‘tishlari tushuniladi. Hijrat lug‘atda “ko‘chish”, “ko‘chib o‘tish” ma’nolarini bildirib, istilohda ilk Islom davrida mushriklarning tazyiqlariga uchragan musulmonlarning Makkadan boshqa yerlarga ko‘chib o‘tishlari tushuniladi. “Takfirchilar” ham o‘zlarini, aynan, ilk musulmonlar kabi kofirlardan aziyat chekayotganini pesh qilib, tog‘li mintaqalarga chiqib ketishga chaqiradilar va ularga qo‘shilmaganlarni kofirlikda ayblaydilar. Shuningdek, ularning bu amaliyoti ortida, jamoa a’zolari tog‘li mintaqalarga ko‘chib, jihod qilish uchun harbiy tayyorgarliklar ko‘rishini anglash qiyin emas, albatta.
    Islom dinida insonlarni dinga kiritishga majbur qilinmaydi. Bu xususida “Agar Robbingiz hohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo‘lar edilar. Bas, siz odamlarni mo‘min bo‘lishlariga majbur qilasizmi?!” (Yunus, 99)
    “Hoxlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kishi kofir bo‘sin” (Kahf, 29), “Agar Robbingiz istaganida odamlarni bir dinda qilib qo‘yardi. (Lekin) ular turlichaligicha qolurlar” (Hud, 118) Hozirgi kunda dinni niqob qilib olgan terrorchi guruhlarning bunday xatti-harakatlari nafaqat islom balki, insoniy qadriyatlarimizga ham mutlaqo ziddir. Shuning uchun ham yoshlarimizga bunday oqimlarning asl basharasini ko‘rsatib, ularni xavf-xatardan ogohlantirishimiz kerak. Zero, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek, “Xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bo‘lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug‘dirishini odamlar ongiga chuqur singdirib borish kerak”.

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti uslubiy birlashma raisi N.Miraxmadova

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216195
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24531
  • 18994
  • 12784
  • 15748