Shoirni eslab...
12.11.2016 7155

      “Har bir jon o‘lim (sharbati)ning totguvchisidir”. (Anbiyo, 35) Ha, bandalik haqiqati bu foniylikdir. Boqiy qolguvchi yolg‘iz Tangri taolodir.
     Insonga ato etilgan fursat – umr hayotini el yurt uchun, jamiyat uchun manfaatli o‘tkazishlikning o‘zi ham bir saodatdir. Kuni kecha o‘zbek xalqi, o‘zbek she’riyati o‘zining zabardast o‘g‘loni – O‘zbekistogn Qahramoni, Hamza nomidagi, Abdulla Qodiriy nomidagi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari sohibi, shoir va ijodkor Abdulla Oripovni boqiy dunyoga kuzatdi.
    Abdulla Oripov hozirgi o‘zbek she’riyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy, o‘ziga xos betakror kuylagan ijodkor edi. O‘z ijodi ila o‘zbek she’riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo‘sinlarini olib kirdi. Shoir Yassaviy, Navoiy , Bobur , Cho‘lpon singari ijodkorlar badiiy an’analarining davomchisi bo‘ldi. Ayniqsa, istiqlol yillarida xalqimiz xotirasidan unutilayozgan milliy qahramonlarimiz, buyuk siymolarimiz obrazini haqqoniy gavdalantira olgan, qolaversa, islomiy tafakkurga yo‘g‘rilgan milliy o‘zligimizni tarannum etgan mohir ijodkor edi. Bu borada uning mashhur “Haj daftari ” (1992), “Sohibqiron” (1996) nomli to‘plamlari, “Bobur”, “Savob”, “Bandaga sig‘inma”, “Hidoyat yo‘li” “Men kimga suyangum”, “Ziyoli”, “Iltijo”, “Oriyat”, “Inson”, “So‘nggi makon” va boshqa ko‘pgina asarini keltirish mumkin.
    Abdulla aka bilan suhbatlarimizning birida: “Taqsir, she’rlaringizda iymon haqida tafakkur haqida juda ko‘p yozgansiz”, deya marojaat etganimizda ,- Baxil qanchalar dindor bo‘lmasin jannatga kirmaydi, olov o‘tinni yoqib bitirgani kabi hasad hasadchining savoblarini yeb tugatadi deydilar. Men gapni nariroqdan boshlayotganimning sababi bor. Ba’zilarda yuzaki fikrlash qusuri kuchayib ketyapti. Ayniqsa, ozroqqina adabiyotga da’vogarligi bo‘lganlarga bu dardning yuqushi juda yomon. Ijodkor deganimiz, birinchi navbatda, tafakkur qiluvchi jonzotdir. Bu qavm fikrlashsiz yashamasligi, yasholmasligi lozim. Vaholanki, allaqachonlar o‘zini nomdolrlar qatoriga qo‘shib bo‘lgan qalamkash birodarlarimizning ko‘plari haligacha Qur’oni karim yoxud hadisi muborakdan ham bexabarlar, - deya aytgan edilar.
   Istiqlolimizning ilk yillari 1992 yilda Abdulla Oripov bilan muborak Haj safarida birga bo‘lish nasib etgan edi. O‘shanda mohir ijodkor o‘zlarining “Haj daftari ” nomli to‘plamlarini bitgan edilar.
   Abdulla Oripovning badiiy yuksak ijodi xalqimizning qalbidan chuqur o‘rin olgan. Buyuk iste’dod sohibining ijod namunalari asrlar davomida muxlislari tomonidan sevib o‘qilishiga shubha yo‘q. Alloh taolodan sevimli shoirimizning oxiratlari obod bo‘lishini, asarlaridagi milliy ruh, ma’naviy poklikdan saboq olgan har bir o‘quvchi uchun u kishiga savob va mukofotlar yetib borishini so‘rab qolamiz.



Anvar qori TURSUNOV
Toshkent shahar bosh imom xatibi

 

Manba: www.vakillik.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216997
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24590
  • 19056
  • 12829
  • 15799