Rasullulloh sollallohu alayhi vasallamning odoblariga ergashaylik!
22.7.2016 6062

Payg‘ambar alayhissalom uyqudan oldin ayollari bilan suhbatlashar edilar. Ularga gapirib, gaplariga ham quloq tutar edilar.

 

Uxlashlaridan oldin tahorat olardilar, har bir ko‘zlariga uch martadan surma surar edilar va o‘ng tomonlariga yonboshlab yotardilar. So‘ngra: “Allohumma inniy aslamtu nafsiy ilayka, va vajjahtu vajhiy ilayka, vaalja’tu zohriy ilayka, rohbatan va rog‘batan ilayka, la malja’a valaa manjaa minka illa ilayka, Aamantu bikitaabikallaziy anzalta va binabiyyikallaziy arsalta” (Allohim, albatta men Sendan qo‘rqib, Senga talpinib, O‘zingga jonimni topshirdim. Yuzimni senga qaratdim, belimni Senga topshirdim. (Azobdan) Saqlanadigan boshpana ham, najot topadigan joy ham faqat sendandir. Sen nozil qilgan kitobga, Sen yuborgan payhambarga iymon keltirdim), deb aytardilar. Va yana: “Kimki bu duoni o‘qib, so‘ngra o‘sha kechada vafot etsa, Islom fitratida vafot etibdi”, degan edilar.

 

Agar kechaning o‘rtasida yoki undan biroz oldin yoki keyinroq turib qolsalar, qo‘llari bilan yuzlarini silar edilar va “Oli Imron” surasining oxirgi o‘n oyatini o‘qirdilar. Keyin turib tahorat olar va namoz o‘qirdilar.

 

Agar uxlasalar faqat ko‘zlari uxlar edi, muborak qalblari uyg‘oq turar edi. 

 

U zot qon oldirar va bunga tavsiya qilib: “Sizlar davolanadigan narsaning eng yaxshisi bu qon oldirishdir”, deb aytar edilar. 

 

U zot sollallohu alayhi vasallam hina bilan ham davolanar edilar. Agar biror joylarida yara yoki shu kabi yengil jarohat bo‘lsa, o‘sha joyga hina qo‘yishga buyurar edilar. 

 

U zot sollallohu alayhi vasallam payshanba va dushanba kuni safarga chiqishni yaxshi ko‘rar edilar. Safarga chiqqanlarida: “Allohumma Antas sohibu fis safar, val xoliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika minal fitnati fis safar, val kaabati fil munqolab. Allohumma iqbiz lanal arzo va havvin alaynas safar” (Allohim, Sen safarda yo‘ldoshsan, ahli-oilada xalifasan. Allohim, Sendan safardagi fitnadan, qaytishdagi g‘amginlikdan panoh berishingni so‘rayman. Allohim, bizlar uchun yerni ushlab tur va bizga safarni yengil qil.), deb aytar edilar. 

 

Agar ulovga minsalar: “Subhanalaziy saxxoro lana haza vama kunna lahu muqriniyn” (Bizlarga buni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot (barcha aybu nuqsonlardagn) pokdir. Biz bunga qodir emasdik.), deb aytardilar. 

 

Biror bir musofir bilan xayrlashmoqchi bo‘lsalar unga: “Astavdi’ulloha diynaka vaamanataka va xovatiyma amalaka, zavvadakallohut taqva va g‘ofaro zanbaka va laqqokal xoyro haysu tavajjahta” (Seni diningni, omonatingni va amalingning xotimasini Allohga omonat qilib topshirdim. Alloh seni taqvoingni ziyoda, gunohlaringni mag‘firat qilsin. Senga qayerda bo‘lsang ham yaxshilikni yo‘liqtirsin), deb aytardilar.

 

Agar tunda biror yerga tushib tunamoqchi bo‘lsalar, o‘sha yerga xitob qilib: “Robbiy va Robbikillah, a’uzu billahi min sharriki va sharri va fiyki va sharri ma dabba alayki, a’uzu billahi min kulli asad, va asvad va hayyatin va aqrab, va min sharri sokinil balad va sharri validiv va ma valad” (Robbim va sening Robbing Allohdir. Allohdan sening yomonligingdan va sendagi narsalarning, sening ustingda o‘rmalab yuruvchi narsalardan panoh berishini so‘rayman. Allohdan barcha sher va qora narsalardan, ilon, chayon va mana shu makonda yashovchilardan va Iblis va uning bolalaridan panoh berishini so‘rayman), deb aytardilar.

 

Ulovlarining ustida nafl namozlarni o‘qir edilar. Biroq farz namozlarni emas. Safardan qaytsalar: “Oyibuna Taibuna li Robbina haamidun” (Qaytuvchilar Robbilariga tavba qiluvchilar, Robbilariga hamd aytuvchilar), deb aytar edilar.

 

Oilalarining oldiga kirganda esa, “Avban, avban, li Robbina tavban, la yug‘odiru alayna havban” (qaytdik, qaytdik, Robbimizga bizlarga gunohni tashlab qo‘ymaydigan tavba bilan qaytdik), deb kirardilar.

 

Safardan faqat kunduzi choshtgoh vaqtida kelar edilar. Kelishlari bilanoq avval masjidga kirib, ikki rakat namoz o‘qir edilar, so‘ngra, sahobalari bilan ko‘rishish uchun o‘tirar edilar.

 

Kechasi uylarini taqillatib kelmasdilar. Faqat ularning kelishlari ma’lum bo‘lsagina, shunday qilar edilar. Kechasi o‘z oilasiga xabar bermasdan kirib borishdan ashoblarini ham qaytarar edilar.

 

Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi BARATOV G‘iyosiddin manbalar asosida tayyorladi

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 97653
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 43576
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 30913
  • Qaynona va kelin munosabatlari

    Boshqa millat vakillarining kopchiligi biz ozbeklarning oilaviy hayotimizga, yani, qarindosh uruglarning bir-birlariga…

    6.82015 29783
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

17278
  • 11724
  • 8078
  • 10206