Qur’onning bayoniy e’jozi – 1
13.2.2017 7191

      Zakariyo alayhissalomning ayoli haqidagi ta’birdagi farq:

     Alloh taolo Qur’oni Karimning Maryam surasida Zakariyo alayhissalomning o‘z ayoli haqida gapirgan gaplarini va qilgan duolarini shunday keltirgan:

 

وَكَانَتِ امْرَأَتِي عَاقِرًا فَهَبْ لِي مِنْ لَدُنْكَ وَلِيًّا

 

       “Xotinim esa tug‘mas bo‘lib qolgan. Endi Sen O‘z dargohingdan menga bir do‘st (farzand) ber” (5-oyat).

      Alloh taolo Oli Imron surasida Zakariyo alayhissalomning o‘z ayoli haqida gapirgan gaplarini bunday keltirgan:

 

قَالَ رَبِّ أَنَّى يَكُونُ لِي غُلَامٌ وَقَدْ بَلَغَنِيَ الْكِبَرُ وَامْرَأَتِي عَاقِرٌ قَالَ كَذَلِكَ اللَّهُ يَفْعَلُ مَا يَشَاءُ

 

       “(U dedi): “Rabbim, o‘zim keksaygan, xotinim esa tug‘mas bo‘lsa, menga o‘g‘il qayoqdan bo‘lsin?” (Alloh) dedi: “Shunday, (lekin) Alloh xohlagan ishini qilur” (40-oyat).

       Alloh taolo Anbiyo surasida Zakariyo alayhissalomning qilgan duolarini bunday keltirgan:

 

وَزَكَرِيَّا إِذْ نَادَى رَبَّهُ رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنْتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ فَاسْتَجَبْنَا لَهُ وَوَهَبْنَا لَهُ يَحْيَى وَأَصْلَحْنَا لَهُ زَوْجَهُ

 

      “Zakariyoning: “Ey, Rabbim! Meni yolg‘iz tashlab qo‘yma (merosxo‘r farzand ato et!) Sen (O‘zing) vorislarning yaxshirog‘idirsan”, – deb nido qilgan paytini (eslang!) Bas, Biz uni (duosini) ijobat qildik va unga Yahyoni ato etdik hamda jufti (haloli)ni o‘nglab (tug‘adigan qilib) qo‘ydik” (89-90-oyatlar).

 

      Arab tilida امرأة (imroatun) kalimasi turmushga chiqqan va turmushga chiqmagan ayolga nisbatan ishlatiladi. Zakariyo alayhissalomning ayoli tug‘mas bo‘lgani uchun er-xotinlik hayoti barcha ko‘rinishlari va holatlarida to‘liq bo‘lmadi. Ya’ni oilada farzand yo‘q edi. Qur’on bu paytda امرأة kalimasini ishlatdi. Yuqoridagi ikkita (Maryam va Oli Imron suralaridagi) oyatlarda Qur’oni Karim Zakariyo alayhissalomning ayoliga nisbatan امرأة kalimasini ishlatdi.
      Farzand ko‘rishga to‘siq bo‘layotgan narsa – tug‘maslik yo‘q bo‘lib, Alloh u ayolni o‘nglab (tug‘adigan qilib) qo‘ygandan keyin er-xotinlik hayoti barcha ko‘rinish va holatlarida to‘liq bo‘ldi. Ya’ni oilada farzand tug‘ildi. Anbiyo surasidagi oyatda Qur’on Zakariyo alayhissalomning ayoliga nisbatan زَوْجَة (zavjatun) kalimasini ishlatdi.

 

Doktor Abdurrahim Xoyrulloh Shariyfning “Qur’ondagi bayoniy e’jozdan namunalar” maqolasidan Nozimjon Hoshimjon tarjimasi

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216930
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24589
  • 19054
  • 12828
  • 15798