Qiblaning o‘zgartirilishi
29.8.2015 4570

    Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Madinada turgan o‘n olti oy mobaynida Ka’bani qibla qilishni istasalar-da, Baytul muqaddasga qarab namoz o‘qidilar. Namozlarida musulmonlarning qiblasini o‘zgartirishni o‘tinib duo qilardilar. Bir kuni namoz o‘qiyotganlarida Parvardigordan hozirdan e’tiboran musulmonlar uchun qibla Ka’baga o‘zgartirilgani haqida vahiy keldi. Rasululloh ibodatlarini buzmagan holda xonai Ka’ba tomonga o‘girildilar, orqada namoz o‘qiyotganlar ham u kishiga ergashishdi. Ayrim imoni sust kimsalar shu voqea tufayli dindan qaytib, murtad bo‘lib ketdi. Kutilmaganda qiblaning o‘zgartirilishi yahudiylarning Islom diniga tosh otishlariga bahona bo‘ldi. Vaholanki, mag‘ribu mashriq Allohning ixtiyoridagi mulk. Kimni qayoqqa yuzlantirish, kimni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uning izmidadir.

 

Ramazon ro‘zasining farz qilinishi


    Shu yili Parvardigor musulmonlarga ramazon oyida o‘ttiz kun ro‘za tutishni farz qildi. Bungacha Rasululloh har oyda uch kun ro‘za tutardilar. Ro‘za Islom dinining asoslaridan biri bo‘lib, u inson tabiati va shaxsiyatini kamolga yetkazadigan amaldir. Inson tabiati barobarida ijtimoiy tuzum ham o‘zgarishi tabiiy bir hol. Ma’lumki, inson avvalo o‘z huzur-halovatini, shaxsiy manfaatini ko‘zlaydi, ojizu notavonlar uchun saratonda qo‘lini sovuq suvga urmaydi. Alloh taolo ro‘zani farz qilishining hikmati shundaki, inson ochlik tufayli noz-ne’matlarning, suvning qadrini his etadi va shu asnoda qalbi yumshab, fa’l-atvorini o‘zgartiradi, yo‘qsil, bechoralarga muruvvat ko‘rsatib, sadaqa, ehsonlar berishga odatlanadi. Alloh yo‘lida ehson berish insonni juda ko‘p ofatu kulfatlardan asrab qoladi.

 

Fitr sadaqasi


    Alloh taolo ramazon ro‘zasining pirovardida fitr sadaqasini vojib qildi. Bu mol-dunyosi o‘z ehtiyojiga bemalol yetib ortadigan kishi oilasidagi har bir jon uchun kambag‘allarga berishi lozim bo‘lgan sadaqadir. Odamlar fitr sadaqasini og‘rinmay chin ko‘ngildan berishlari kerak.

 

Mol zakoti


     Shu yili ehtiyojidan ortiqcha pul, mol-dunyoga zakot berish farz qilindi. Bu o‘ziga to‘q kishilarning boyligiga tariqcha zarar yetkazmay kambag‘al, beva-bechoralarning ro‘zg‘orini ozmi-ko‘pmi butlab qo‘yadigan adolatli usuldir. Zakotning miqdori bir yil mobaynida ehtiyojdan tashqari (o‘sha davrdagi pul birligi bo‘yicha) dinor-tilla tanga yigirmaga, dirham-kumush tanga ikki yuzga yetsa va bir yil o‘tsa qirqdan bir qismini, ya’ni yuz so‘mdan ikki yarim so‘m beriladi. Bundan ortiqcha mol-dunyo mana shu tartibda hisoblanadi. Shariatning xukmi bo‘yicha qo‘y qirqqa, sigir o‘ttizga, tuya beshtaga yetsa va bir yil o‘tsa ma’lum miqdorini kambag‘allarga berish lozim. Savdo mollari, dehqonchilik mahsulotlaridan ham zakot beriladi. Zakotni imom (amir) yig‘ib olib, tavba surasining 60-oyatida bayon etilgan ko‘rsatmaga binoan taqsimlaydi: "Zakotni (hech narsasi yo‘q) faqirlarga, (topgani uchi-uchiga yetmaydigan) miskinlarga, zakot nazoratchilariga, dillarini Islomga moyil qilish ko‘zda tutilgan kimsalarga, qullarni ozod qilishga, (halol ishga mol-dunyo sarflab, qarzdor bo‘lib to‘layolmaydigan) chorasizlarga, Alloh yo‘liga (g‘arib goziylarga, g‘arib hojilar, g‘arib musofirlarga), mol-mulkidan foydalanish imkoniyatidan vaqtincha mahrum musofirlarga berish farz. Alloh, hamma narsani bilguvchi va hikmat bilan ish yurituvchidir".
    Ko‘rinadiki, zakot boylarning mol-dunyosiga zarar yetkazmagan holda ijtimoiy hayotda ma’lum mo‘tadillikni yuzaga keltirish, beva-bechoralarga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan ko‘maklashish imkonini beradi. Yo‘qchilik juda ko‘p mamlakatlarda mazkur tuzumga qarshi norozilikka sabab bo‘ladi, ijtimoiy adolat, tenglik, ozodlik uchun kurash o‘tini yoqadi. Zakot esa mana shunday notinchliklarning oldini oladigan adolatli yo‘ldir.

 

 

Muhammad Xuzariyning “Nurul-yaqiyn” nomli kitobidan

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 97660
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 43577
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 30913
  • Qaynona va kelin munosabatlari

    Boshqa millat vakillarining kopchiligi biz ozbeklarning oilaviy hayotimizga, yani, qarindosh uruglarning bir-birlariga…

    6.82015 29783
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

17282
  • 11728
  • 8080
  • 10207