Nikohdagi ziddiyatni yechish uchun 4 qadam
9.11.2016 5470

    Nikoh mavjud ekan, er va xotin o‘rtasida ma’lum kelishmovchiliklar, ziddiyat va fikrlar qarama-qarshiligi bo‘lishi tabiiy. Zero, ikki nomukammal shaxsning fikri doim ham bir-biriga muvofiq va mos kelavermaydi. Bunga dono xalqimiz “Turmush—musht”, deya sodda, ixcham va bama’ni qiyos beradi. Hech kim bu ziddiyatdan sug‘urtalangan emas. Shunday ekan, muqaddas nikoh rishtalari bilan bog‘langan oilaning ertasi va baxtli turmush uchun kelishmovchiliklarni bartaraf etishning turli yo‘llarini o‘rganib borish maqsadga muvofiq. Yengiltaklik bilan ulardan qochish yoki boshqa juft izlash qarori bizni doim ham istaklarimiz ijobatiga olib bormaydi.
    Unutmaslik kerakki, oiladagi ziddiyatlarni hal qilishda eng muhimi, juftimizni xarakaterini boricha qabul qilish, yutuq va kamchiliklari bilan qadrlash. Zero, inson qancha bo‘lsa, uning fe’l-atvori ham shuncha turfa bo‘ladi. Hammada ham nuqson va kamchilik bor. Jumladan, bir yostiqqa bosh qo‘ygan turmush o‘rtog‘ingizda ham. Nikoh bardavomligida uning fikrini hurmat qilish va holislik muhim ahamiyatga ega. Bu muammoga yechim topishda asosiy ko‘makchi.
    Mutaxassislar va oila ilmi nuktadonlari ziddiyatlarni hal qilishning 4 asosiy jihatini belgilashdi. Ular quyidagicha:

 

1. Yondoshuvni yumshating!

 

– Mulohazalarda “Sen” bilan birga “Men”ni qo‘llashni unutmang:
“Sen meni hech qachon eshitmaysan” vs. “Men o‘zimga nisbatan loqaydlikni his qilayapman”.
“Sen hech qachon bunga tushunmaysan” vs. “Buni men ham tushunishim mushkul”
–Nima his qilayotganingizni va nima bo‘layotganini bir joyga yozib qo‘ying va muhokama qilmang:
“Siz hech qachon menga uy ishlarida yordam bermaysiz” vs. “Uy ishlari bir o‘zimga og‘irlik qiladi”.
– Istvaklarni aytish yo‘lini o‘zgartiring va xushmuomala bo‘ling!
– Xato va kamchiliklarni tan olishdan cho‘chimang!

 

2. Og‘ir va bosiq bo‘ling!

 

– Ziddiyatdan charchaganingizni anglashiga vaqt bering.
– Muammo yakuni ko‘rinmayotgan bo‘lsa, tanaffus (taym-aut) qiling.
–Tinchlantiruvchi ishlar bilan mashg‘ul bo‘ling (ibodat, uyqu, uy mutolaa va hakazo).
–O‘ziga kelishi uchun masofa tashlang.

 

3. Kelishishni o‘rganing!

 

– Kelishuv ikki tomonning istak va fikrlari o‘zaro hurmat bilan qabul qilingdanda samarali;
–Ciz barchasini ham qabul qilishga majbur emassiz, biroq juftingizning qarashlarini tushunishga harakat qiling;
–Uning nuqtai nazarini anglash uchun savollar berishdan erinmang;
–Mulohazalari asoslimi yoxud mantiqqa egami, ko‘rib chiqing;
–Kelishish – bu turli tafovvutlar va qarama-qarshi istaklar muhokamasi bo‘lib, ikki tomon uchun ham manfaatli yakuniy qaror, deganidir.

 

4. Sabrli bo‘ling!

 

–O‘z juftini kamchiliklari bilan qabul qilish – bebaho muhabbatning isboti;
–Uning o‘zgarishi uchun sabrni qurol qiling;
–Ikki nomukammal shaxs baxtli hayotni faqat birga, hamkor va hamfikr bo‘lib qurishingiz mumkinligini unutmang!

 

 

Muslim Mirzajonov 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 68194
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

9909
  • 5526
  • 3574
  • 5579