Namoz vaqtlarini bilasizmi?
10.2.2017 23848

Har bir ishning ma’lum vaqti bo‘lgani kabi, farz namozlarining o‘qilishi uchun ham belgilangan muddatlar bor. Ular quyidagicha:

 

1. Bomdod namozining vaqti: Sharq ufqida oqlik – tong (yorug‘lik)ning yoyila boshlaganidan quyosh chiqquniga qadar bo‘lgan vaqt.

 

2. Peshin namozining vaqti: quyosh qoq tikkaga kelgandan bir oz keyinroq boshlanadi. Kun og‘gan payt, ya’ni, yer yuzidagi tik turgan narsalarning ko‘lankasi qiyomdagi soyasidan tashqari, o‘z bo‘yidan bir yo ikki hissa ortishiga qadar davom etadi.

 

3. Asr namozining vaqti: peshin vaqtining tugashidan boshlanib, quyosh botgunicha bo‘lgan vaqt.

 

4. Shom namozining vaqti: quyosh botgandan so‘ng boshlanib, ufqdagi qizillik yo‘qolgunicha davom etadi.

 

5. Xufton namozining vaqti: shom vaqti tugaganidan keyin bomdod namozining vaqti kirguniga qadar.

 

   Har bir namoz o‘z vaqtida o‘qilishi shart. Vaqti kirmasdan oldin o‘qilgan namozlar qabul bo‘lmaydi. Biror uzr bilan o‘z vaqtida o‘qilmagan namozlar boshqa payt qazo qilib o‘qiladi. Ammo namozni sababsiz kechiktirish gunoh.
     Nafl namozlarni esa quyidagi uch vaqtdan tashqari istalgan paytda o‘qish mumkin:

 

1. Quyosh chiqayotganda;

2. Quyosh qoq tepada ekanida;

3. Quyosh botayotganida.

 

Manba: www.irfon.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216343
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24552
  • 19009
  • 12794
  • 15756