Muslima ayolning hayosi
18.12.2015 12354

     Hayo ziynati ila ziynatlangan muslima Yer yuzini obod etish va yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda sog‘lom ayollik fitrati bilan ishtirok etadi. Qur’oni Karimdagi ushbu ajoyib misolga bir e’tibor bering. Shuayb (a.s.) qizlaridan birini Muso (a.s.) ni chaqirib kelishga jo‘natdilar: “Bas ulardan biri hayo bilan yurib kelib: Otam seni bizlarga qo‘ylarimizni sug‘orib berganing haqqini berish uchun chaqirmoqdalar”,dedi (Qasos 25 oyat).
    Qiz otasining so‘zlarini yetkazmoq uchun pokiza va iffatli bo‘lib, hayo-ibo bilan qadam tashlab keldi. Muso (a.s.) ga murojat qildi. Sog‘lom tabiatli, toza qalbli bu qiz so‘zlaganda ham nozlanmasdan gapiradi.
    Pokiza qizlar sof tabiatlari tufayli begona erkaklar qarshisida gapirishga tortinadilar. Lekin niyatlari pok, qalblari pokiza bo‘lganliklari bois, ular bir gapni buzmasdan, begonalar ko‘ngliga cho‘g‘ tashlamasdan, sodda hamda tushunarli qilib bayon etadilar. Tap tortmasdan zaruratsiz begona erkaklar bilan aralashib yuradigan, shallaqi, erkakshoda ayollar Qur’on va islom maktabida ta’lim olmagan zaifalardir.
     Ular Allohning toati va ayollik ibosini ma’siyat va fisqu-fujurga ayirboshlaganlardir. Shayton nog‘orasiga o‘ynagan bunday ayollar dunyoyu oxirat baxtsizligidan o‘zga narsaga erishmaydilar.

 

Hayo samarasi



    Hayoli insonlar iffatli, pokiza bo‘ladilar. Ular har bir holatlarida ham o‘zlarining iffatlarini saqlab qoladilar. Hayoning samaralaridan yana biri vafodir. Ahnaf ibn Qays aytadilar: Hech qachon yolg‘onchilik bilan mardonalik bir insonda jamlanmaydi. Mardonalik – samarali rostgo‘ylik, vafodorlik, hayo va iffatdir.

 

Ota-ona va murabbiylar vazifasi

 


     Bola tarbiyasiga mas’ul insonlar o‘sib kelayotgan yosh avlodga hayo xulqini singdirishlari lozim. Ota-onalar farzandlari nimalar bilan mashg‘ul ekanligini kuzatib borsinlar. Bolalari axloqsiz doira ta’siriga tushib qolishdan asramog‘imiz kerak. Ularda foydali kitoblarga nisbatan mehr uyg‘oting. Buzuq kino-filmlar, bema’ni tomoshalar va behayo so‘zlardan ularni imkon qadar yiroq tuting.

 

Hayo faqat yaxshilik keltiradi

 


      Kimning hayosi ziyoda bo‘lsa yaxshiligi ham ziyodalashadi. Hayosi kamaygan bandaning xayriyati ham kamayadi.

 

 

www.muslima.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216393
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19010
  • 12794
  • 15758