Ko‘krak bezi saratonini keltirib chiqaruvchi 10 sabab
12.7.2015 13941

 

     Hozir ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida uchraydigan onkologik kasalliklar ichida birinchi o‘rinni egallab, afsuski, xastalar soni yildan - yilga ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha har o‘ninchi ayol ko‘krak bezi saratoni bilan xastalanar ekan. Bir yilda ushbu xastalik tufayli 1,5 milliondan ortiq ayol vafot etadi. Vrachlar malakasini oshirish instituti, jarrohlik kafedrasi professori, mammolog Dilobar Mirrahimova bilan aynan shu mavzuda fikrlashdik...


1. Nasliy omil. Agar onada ko‘krak saratoni kuzatilsa, uning qizlarida ko‘krak saratoni rivojlanish xavfi juda yuqori bo‘ladi. Chunki ko‘krak bezi kasalliklari uchun javobgar bo‘lgan genlarda mutatsiya kuzatiladi. Balog‘at yoshiga yetgandan keyin, BRCA I , BRCA II genlarida o‘zgarish bor - yo‘qligi qon tahlili orqali aniqlanadi. Shu sabab onasida ko‘krak bezi saratoni kasalligi kuzatilgan qizlar har 6 oyda maxsus tekshiruvdan o‘tishi shart.


2. Surunkali ravishda kechadigan ginekologik xastaliklar oqibatida. Tuxumdon, bachadondagi surunkali shamollash jarayonlari, bachadon miomasi, tuxumdon kistasi kabilar ham ko‘krak bezi kasalliklarining kelib chiqishiga asos bo‘lishi mumkin. Chunki yuqoridagi kasalliklar oqibatida ayol organizmdagi gormonal fon o‘zgaradi hamda ko‘krak bezi to‘qimasidagi hujayralarda patologiya vujudga kelishi mumkin.


3. Ayol kishi hayoti davomida tug‘masa, bola emizmasa. Insonga berilgan har bir a’zo hayot davomida o‘z funksiyasini bajarishi shart. Masalan, ko‘z ko‘rishi, quloq eshitishi, bachadon homila ko‘tarishi, ko‘krak emizishi kerak. Agar insondagi istalgan organ o‘z funksiyasini bajarmasa, ushbu a’zoda kasallik yuzaga keladi. Shu sababli ham ko‘krak bezi saratoni tug‘magan va farzand emizmagan ayollarda nisbatan ko‘proq kuzatiladi (qomatini saqlash uchun bolasini emizmaydigan “onalar” bir o‘ylab ko‘rsinlar – “Muxlis.uz”).


4. Ketma - ket qilingan sun’iy abortlar. Har bir sun’iy abort ayol kishining ko‘kraklari uchun kuchli zarba hisoblanadi. Chunki ayol kishi homilador bo‘lgan daqiqadan boshlab ko‘krak bezlari laktatsiyaga tayyorlanishni boshlaydi. Ko‘krak bezlari to‘lishib, sut yo‘llari kengayadi, ko‘krak bezlari bola emizishga tayyorlanadi. Abort qilingandan keyin bachadon tezda qisqaradi, lekin sut bezlari normal holatiga qaytishi qiyin kechadi va ketma-ket abortlarning ko‘pligi ko‘krakda patalogik jarayonni keltirib chiqaradi.


5. Ko‘krak sohasidagi jarohat. Ko‘krak sohasiga yetgan jarohat oqibatida ko‘krak bezi ezilib, ba’zi hollarda gematoma hosil bo‘ladi va natijada ko‘krak bezi hujayralarida atipik o‘zgarish yuzaga keladi.


6. Kuchli va davomli stress. Ketma - ket stress holatlarini boshdan o‘tkazganda immunitet keskin pasayib ketadi va organizmda onkologik kasalliklarga bo‘lgan moyillik kuchayadi.


7. Gormonal balansning buzilishi. Ko‘krak bezi saratoni ko‘p hollarda gamonal xarakterga ega bo‘ladi. Shifokorning nazorati, tavsiyalarisiz turli garmonal vositalarni uzoq yillar davomida qabul qilish, ko‘krakdagi bezarar tugunni saratonga aylanishiga sabab bo‘ladi.


8. Ortiqcha vazn va noto‘g‘ri ovqatlanish. Ortiqcha vazn egalarida teri osti yog‘ qavatida ko‘plab estrogen garmoni saqlanadi. Ya’ni, bu garmon keragidan ortiq bo‘ladi. Estrogen garmoni ortiqcha bo‘lgan taqdirda ko‘krak saratoni kasalligini chaqirish xususiyatiga ega. Shu sababli yog‘li, qovurilgan ovqatlarni kamroq iste’mol qilish, qaynatilgan, parda pishgan taomlar, meva, sabzavotlarni iste’mol qilish lozim.


9. Mastopatiya xastaligining tugunli shakli. Mastopatiya xastaligi — ko‘krak bezining disgormonal giperplaziyasidir. U ikki turga: diffuz va tugunli formaga bo‘linadi. Diffuz formasini konservativ yo‘l bilan davolash mumkin. Biroq tugunli formasi faqat jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. Agar ko‘krakdagi tugun vaqtida olib tashlanmasa, u borib - borib, turli tashqi va ichki ta’sirlar ostida saratonga aylanishi mumkin.


10. Radiatsiya. Uzoq vaqt davomida radiatsion zonalarda bo‘lish, ko‘krak sohasiga nur olish, ko‘krak sohasidagi biror kasallikni nur bilan davolash natijasida ko‘krak bezida saraton kasalligi rivojlanishi mumkin.


Ma’lumot uchun: biroq ko‘krak saratoni hech qachon bir sabab tufayli yuzaga kelmaydi. Qachonki, yuqoridagi sanab o‘tilgan sabablarning bir nechasi birlashgandagina saraton kelib chiqadi.

                                                                                                                 

Umida YaKUBOVA tayyorladi

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216035
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24515
  • 18978
  • 12773
  • 15738