Juma kunining 6 fazilati
26.1.2017 11905

    Juma – har bir daqiqasi Allohning marhamatiga to‘la bo‘lgan kundir. Ba’zan biz bu kunni boshqa kunlar singari oddiygina o‘tkazamiz, e’tiborsizlik qilib qanchadan-qancha savoblardan bebahra qolayotganimizni anglamaymiz. Binobarin, juma kuni:

Duolar ijobat bo‘ladi.

     Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) juma kuni duolarning ijobat bo‘lishi haqida: “Bu kunda shunday fursat borki, musulmon banda namoz o‘qish uchun shu vaqtga duch keladi va Allohdan nimani so‘rasa, istaganini shubhasiz beradi”, dedilar (Buxoriy, Muslim).


Salavotlar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ga ko‘rsatiladi.

     Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Sizlar uchun eng xayrli kun – juma kunidir. Shunday ekan bu kuni menga ko‘p salavotlar aytinglar, chunki bu kungi salavotlar menga ko‘rsatiladi”, deb aytganlar (Abu Dovud).

Qadamlar ostidan nurlar chiqadi.

    Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim «Kahf» surasini juma kuni o‘qisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib, osmonu falakni yoritadi va uning ikki juma orasidagi xatolari kechiriladi”, deganlar.

Masjid sari tashlangan har bir qadam nafl ro‘za va ibodat qilganga tengalshtiriladi.

    Avs ibn Avs (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kimki juma kuni g‘usl qilib, masjidga yayov borsa, juma xutbasini chalg‘imasdan eshitsa va namoz o‘qisa, masjidga sari bosib o‘tgan har bir qadami uchun bir yillik (nafl) ro‘za va (nafl) tungi namozning ajri beriladi”, dedilar.

Gunohlar mag‘firat etiladi.

    Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Kimki g‘usl qilib, pokiza kiyim kiysa va mushk bilan xushbo‘ylansa, masjidga shoshmasdan borsa va imom ma’ruzasini bo‘lmasdan eshitsa va namoz o‘qisa u kishi uyga o‘tgan jumadan beri qilgan gunohlaridan forig‘ bo‘lgan holda qaytadi”, dedilar.
    Boshqa bir hadisda esa, “Kimki juma namozidan so‘ng, oyog‘ini almashtirmasdan turib quyidagi suralarni 7 martadan o‘qisa: Fotiha, Ixlos, Falaq va Nos suralarini, Alloh subhanahu va Taolo uning avvalgi va oxirgi gunohlarini kechiradi va uni mukofotlaydi, deganlar.

Masjidga barvaqt borgan tuya qurbonlik qilgan ajriga noil bo‘ladi.

    Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim juma kuni g‘usl qilib, masjidga erta borsa, bitta tuya so‘ygandek bo‘ladi. Kim ikkinchi vaqtda borsa, xuddi bitta sigir so‘ygandek, kim uchinchi vaqtda borsa, xuddi bitta shoxdor qo‘chqor so‘ygandek, kim to‘rtinchi vaqtda borsa, xuddi bitta tovuq so‘ygandek, kim beshinchi vaqtda borsa, xuddi bir tuxum atagandek bo‘ladi. Imom (minbarga) chiqqanda esa farishtalar xutbani eshitishga hozir bo‘ladilar”, dedilar (Abu Dovud, Ibn Moja).
      Ushbu hadislar juma kunining fazilati va savobi haqida bir eslatmadir. Barchamiz bu kunning ulug‘ fazilatlaridan to‘liq bahramand bo‘laylik.

 

M. Zufarova tayyorladi / www.muslim.uz /

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 69568
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

10253
  • 5789
  • 3751
  • 5759