ISLOM NIMA?
5.1.2018 12850

“Islom” so‘zi “bo‘ysunish”, “toat”, “ixlos”, “tinchlik”, “sulh” ma’nolarini bildiradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Alloh taolo banda insonlar uchun rozi bo‘lgan din Islom dinidir. Islom tavhid dini, ya’ni Yolg‘iz Allohga ibodat qilishga chaqiruvchi dindir. Alloh yuborgan barcha payg‘ambarlar, jumladan, Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Iso alayhissalom, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam odamlarni bitta dinga – Alloh yagonaligini e’tirof etishga, ilohiy kitolarga, farishtalarga, payg‘ambarlarga, qiyomat kuniga imon keltirishga, faqat Allohga ibodat qilishga da’vat etishgan.

O‘zga dinlar ichida Alloh taolo nozil qilgan, keyinchalik odamlar tomonidan o‘zgartirib yuborilganlari ham bor. masalan, nasroniy va yahudiylik dini shunday. Ushbu din vakillari Muso va Iso alayhimus-salom kabi payg‘ambarlar ta’limotini unutib, dinga o‘zgartirish kiritishgan. Shu sabab ham Alloh ularni Islomga ergashishga amr qilgan. biroq hamma nasroniy va yahudiylar ham Islomni qabul qilishmagan. Hozarda ham nasroniy va yahudiylar ichida kam sonli odamlar Islom diniga e’tiqod qiladilar.

Yana dinlar ichida odamlar tomonidan o‘ylab chiqarilganlari ham bor. Masalan, budda dini. U hech qanday asosga ega emas. Alloh insonlarni bu dinga e’tiqod qilishga buyurmagan. Balki odddiy odam tomonidan o‘ylab chiqarilgan. Albatta bunday asossiz dinlarga e’tiqod qilish umuman mumkin emas.

Islom Allohni Yagonaligini targ‘ib qiluvchi dindir. Islomda faqat Alloh ibodat va itoat etilishga munosib deb e’tiqod qilinadi.

Avvalgi payg‘ambarlar, jumladan Odam, Nuh, ibrohim, Muso va Iso alayhimus-salomlar barchalari Islom diniga chaqirishgan. Bunda e’tiqod bir xil bo‘lgan. ya’ni ularning barchalari Yolg‘iz Allohgagina ishonish, Unga ibodat qilishga chaqirishgan. Ammo hukmlarda, shariatdagi qoidalarda ba’zi farqlar bo‘lgan1. Islom dinidagi qoidalar esa qiyomatgacha keladigan barcha insonlar uchun umumiy qonun sanaladi. islom dini qoidalari eng mukammal va eng adolatlidir.

Dinimiz Islomda Allohni Yolg‘iz iloh deb e’tiqod qilish (ishonish), Alloh osmondan tushirgan ilohiylar kitoblarga, farishtalarga, payg‘ambarlarga, qiyomat kuniga ishonish lozim sanaladi. Qaysi banda ushbu narsalarga shubhasiz aniq ishonsa, “muslim” (musulmon) deyiladi2.

1 Alloh taolo aytadi:

1. “Kim Islomdan boshqa dinni istasa, undan hargiz qabul qilinmaydi”(Oli Imron surasi, 85-oyat).

2. “Sizlardan har biringiz uchun (alohida) shariat va maslak qilib qo‘ydik”(Moida surasi, 48-oyat).

2 Islom diniga mansub ayol “muslima” deyiladi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216326
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24552
  • 19005
  • 12793
  • 15756