Hasad illatidan saqlanish duosi
21.11.2016 7016

     Qur’oni karimning Hashr surasida shunday duo qilish o‘rgatilgan:

 

رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا وَلإِخْوَانِنَا الَّذِينَ سَبَقُونَا بِالإِيمَانِ وَلاَ تَجْعَلْ فِي قُلُوبِنَا غِلاًّ لِلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا إِنَّكَ رَءُوفٌ رَحِيمٌ.

 

Duoning o‘qilishi: “Robbanag‘fir lanaa va li-ixvaaninallaziyna sabaquvna bil iymaan, va laa taj’al fiy quluvbinaa g‘illal-lillaziyna aamanuv, robbanaa innaka rouvfur rohiym”.

 

Duoning tarjimasi: “Parvardigoro, O‘zing bizlarni va bizlardan ilgari imon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat et, qalblarimizda imon keltirgan zotlar uchun biron g‘illu g‘ashlik qilma. Parvardigoro, albatta Sen Mehribon va Rahmlisan!” (Hashr surasi, 10-oyat). 

 

 

     Biz oyat tarjimasida “g‘illu g‘ashlik” deb ifodalagan so‘z arabiy matnda “g‘ill” tarzida kelgan. Ulamolar bu so‘zni “ko‘rolmaslik”, “hasad”, “adovat” deb tushuntirishgan. Ulamolar mana shu oyatni dalil qilib aytadilar: “Sahobalar roziyallohu anhumdan keyin kelgan har bir mo‘min-musulmon banda ularning haqlariga duo qilishi, ularni hurmat-e’tirom qilishi lozim” (Manba: Muhammad Sayyid Tantoviy, “Al-vasit”).

 

اللَّهُمَّ اجْعَلْنِي لَكَ شَاكِرًا لَكَ ذَاكِرًا لَكَ رَاهِبًا لَكَ مِطْوَاعًا إِلَيْكَ مُخْبِتًا أَوْ مُنِيبًا رَبِّ تَقَبَّلْ تَوْبَتِي وَاغْسِلْ حَوْبَتِي وَأَجِبْ دَعْوَتِي وَثَبِّتْ حُجَّتِي وَاهْدِ قَلْبِي وَسَدِّدْ لِسَانِي وَاسْلُلْ سَخِيمَةَ قَلْبِي.

 

O‘qilishi: “Allohummaj’alniy laka shaakiro, laka zaakiro, laka rohiba, laka mitvaa’aa, ilayka muxbitan av muniybaa. Robbi taqobbal tavbatiy, vag‘sil havbatiy, va ajib da’vatiy, va sabbit hujjatiy, va saddid lisaaniy, vaslul saxiymata qolbiy”.

 

Ma’nosi: “Yo Alloh, meni O‘zingga shukr qiladigan, O‘zingni eslaydigan, O‘zingdangina qo‘rqadigan, itoat etadigan, xushuli, tavba bilan qaytuvchi qil! Parvardigorim, tavbamni qabul et, gunohimni kechir, duoyimni mustajob ayla, hujjatimni mustahkam (kuchli) qil, qalbimni (to‘g‘ri yo‘lga) boshla, tilimni to‘g‘rila, qalbimdagi hasad-adovatni ketkaz” (Abu Dovud, Ibn Moja va Ahmad rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih).

 

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الثَّبَاتَ فِي الأَمْرِ وَأَسْأَلُكَ عَزِيمَةَ الرُّشْدِ وَأَسْأَلُكَ شُكْرَ نِعْمَتِكَ وَحُسْنَ عِبَادَتِكَ وَأَسْأَلُكَ لِسَانًا صَادِقًا وَقَلْبًا سَلِيمًا.

 

O‘qilishi: “Allohumma inniy as’alukas sabaati fil amr, va as’aluka aziymatar rushd, va as’aluka shukro ni’matika va husna ’ibaadatik, va as’aluka lisaanan sodiqov-va qolban saliymaa”.

 

Ma’nosi: “Yo Alloh, Sendan ishlarda sobitqadamlik so‘rayman, chiroyli tasarruf (yoki qat’iyat) so‘rayman, bergan ne’matlaringga shukr qilishni, Senga go‘zal suratda ibodat qilishni so‘rayman. Sendan rostgo‘y til, salim (pokiza) qalb so‘rayman” (Termiziy, Nasoiy va Ahmad rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi zaif).

 

بِاسْمِ اللهِ يُبْرِيكَ وَمِنْ كُلِّ دَاءٍ يَشْفِيكَ وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَدَ وَشَرِّ كُلِّ ذِي عَيْنٍ.

 

O‘qilishi: “Bismillahi yubriyka, va min kulli daa-in yashfiyka, va min sharri haasidin izaa hasad, va sharri kulli ziy ’ayn”.

 

Ma’nosi: “Seni tuzatadigan, har qanday dardingga shifo beradigan, har bir hasadchi hasad qilganida, har bir ko‘zning yomonligidan (himoya qiladigan) Alloh nomi bilan boshlayman”.

 

    Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qolsalar, Jabroil alayhissalom u zotga: “Bismillahi yubriyka, va min kulli daa-in yashfiyka, va min sharri haasidin izaa hasad, va sharri kulli ziy ’ayn”, deb dam solar edi (Muslim rivoyat qilgan).

 

أَعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ كُلِّ شَيْطَانٍ وَهَامَّةٍ وَمِنْ كُلِّ عَيْنٍ لاَمَّةٍ.

 

O‘qilishi: “A’uvzu bikalimaatillaahit taammati min kulli shaytoniv-va haamma, va min kuli ’aynil laamma”.

 

Ma’nosi: “Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararkunandadan va gunohkor ko‘zdan panoh tilayman”.

 

       Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam Hasan va Husaynga panoh tilab: “Allohning mukammal kalimalar bilan har bir shaytondan , zararkunandadan va gunohkor ko‘zdan ikkingizga panoh tilayman”, derdilar, so‘ngra: “Bobongiz (Ibrohim alayhissalom) bu kalimalar bilan Ismoil va Ishoqqa panoh tilardi”, deb aytardilar (Buxoriy, Abu Dovud va Tabariy rivoyat qilgan ).


Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li



__________________________________________________________

1. Ulamolar rivoyatdagi “mukammal” so‘zini manfaatli, shifo keltiruvchi, muborak, kor qiluvchi, naf beruvchi, deb tushuntirishgan.

2. Bu o‘rinda “shayton” sirasiga inson va jinlardan bo‘lgan shaytonlar kiradi.

3. Xattobiy aytishicha, Imom Ahmad ibn Hanbal bu hadisni Allohning Kalomi maxluq (yaratilgan) emasligiga dalil qilib keltirardi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam maxluq bilan panoh istamaganlar (Manba: Ibn Hajar, “Fathul boriy”).

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216824
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24586
  • 19050
  • 12825
  • 15792