Baxtli bo‘lishning 10 siri
22.10.2016 7062

   Baxt sari intilayotgan har bir inson borki, Alloh taolo roziligi yo‘lida harakat qiladi. Dunyoda jinsi, yoshi, mutaxassisligi va boshqa xislatlaridan qat’i nazar biror inson yo‘qki, baxtli bo‘lishni istamasa. Baxtli bo‘lish uchun, avvalo, baxt o‘zi nima ekanini tushunib olish zarur. Baxt - bu kishida o‘z holatidan to‘la qoniqish va mamnunlikni aks ettiruvchi hissiyotdir. 
    Quyida baxt sari yetaklovchi 10 ta bosqich sanab o‘tiladi: 

 

1.Alloh taolo roziligiga erishishga harakat qilish. Insonni hech narsa Alloh roziligiga erishishchalik baxtli qila olmaydi. Inson qayerda bo‘lmasin, Alloh taolo roziligi yo‘lida harakat qilsa, hayotidagi asosiy vazifani bajarayotgani sabab, o‘zi va ishlaridan qoniqish his qiladi. 

 

2.Shukrona. Mavjud holatimizga qanchalik shukr qilsak, bizga berilgan narsalardan shunchalik ko‘p xursandchilik, ruhiy xotirjamlikni olamiz. Bunday insonni Yaratgan ham yanada ko‘proq in’omlar bilan taqdirlaydi. Alloh ato etgan ne’matlarga shukr qilish har bir mo‘’minning vazifasidir. "...Qasamki, agar sizlar (Mening bergan ne’matlarimga) shukr qilsangizlar, albatta (ularni yanada) ziyoda qilurman..." (Ibrohim surasi: 7) 

 

3. Tanangizni emas, qalbingizni to‘ldiring – sizga ichki baxt, qalbingizga xursandchilik olib keluvchi narsalar ustida ishlang. Xayrli amallar bilan mashg‘ul bo‘ling. Kimnidir baxtli qilish kishining o‘ziga ham xursandchilik hadya etadi. Insonning baxti mol- dunyo bilan emas, qalb boyligi bilandir. 

 

4. O‘zingizni boshqalar bilan solishtirishdan qoching. O‘zingizni sizdan boy, martabali, dunyoviy boyligi bisyor odamlar bilan solishtirmang. Buning o‘rniga payg‘ambarlar va sahobiylar hayotiga nazar soling va ulardan ibrat olishga intiling. Zero, har bir inson Alloh oldida o‘z imoni bilan baholanadi. 

 

5. Allohdan o‘zgasidan umidvor bo‘lmang. Yolg‘iz undangina yordam kuting. Zero, faqatgina U insonning holatini o‘zgartirishga qodir. 

 

6. Atrofdagilar bilan yaxshi munosabat o‘rnating. Inson hamisha atrofdagilarga marhamat ko‘rsatib, ularga g‘amxo‘rlik qilish va yordam berishga tayyor bo‘lishi lozim. Allohning payg‘ambari (s.a.v.) ham oilada o‘zaro aloqalarni yaxshilash va atrofdagilar bilan xushmuomala bo‘lishga targ‘ib qilganlar. 

 

7. Kun tartibi. Kimning kun tartibi to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lsa, uni ishlarini amalga oshirishga xalaqit beruvchi uyquga to‘ymaslik bezovta qilmaydi. Uyqusi chala bo‘lgan insonning ish faoliyati ham sust bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘z vaqtini 3 ga bo‘lganlar: bir qismi Allohga ibodat uchun, bir qismi oila va jamoat ishlari uchun va yana bir qismi o‘zlariga ajratilgan vaqtdir. 

 

8. Hamisha odamlar orasida bo‘lish. Ma’lum kishilar jamoasi bilan birga bo‘lish xavfsizlik va himoyada bo‘lish demakdir. Bundan tashqari qiyinchilik vaqtida umidsizlikdan asraydi. Faqatgina o‘zingizga emas, boshqalarga ham foydali ish bilan shug‘ullaning. Zero, musulmon ummati bir butun tana kabidir. Agar ko‘zi yoki boshi og‘risa, butun tana og‘riqdan azob chekadi. 

 

9. Halol mahsulotlar iste’mol qilish. To‘g‘ri ovqatlanish bizga tanamizni sog‘lom formada ushlab turishga va kundalik ishlarni hotirjam amalga oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, halol mahsulotlarni iste’mol qilish bilan inson Alloh buyrug‘iga itoat etgan bo‘ladi. 

 

10. Yaxshi jismoniy holat. Sog‘lig‘imizning joyidaligi bizni baxtimizning kafolatidir. Zamonamiz olimlarining izlanishlariga ko‘ra, jismoniy mashqlar insonni depressiyadan asraydi va yaxshi jismoniy mashg‘ulotdan keyin endofrinlar miqdori oshadi.

 

      Avvalo, Allohning irodasi va yuqoridagi 10 ta bosqichga amal qilish sizga yanada ko‘proq xursandchilik va baxtni taqdim etishiga umidvormiz.

 

Manba: www.ziyo.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 70957
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

10631
  • 6085
  • 3922
  • 5957