Ayolning ko‘ngliga quloq tuting...
26.2.2017 11912

     Er-xotin urushib qoldi. Ayol xafa bo‘lib, onasining uyiga ketmoqchi bo‘lib, narsalarini katta sumkasiga sola boshladi. Er buni sezib, ayoliga chiroyli so‘zlarni aytib, samimiy tabassum qildi va undan: “Nima qilyapsan?” deb so‘radi. Shunda ayoli: “Yozgi kiyimlarimni sumkaga solib, qishki kiyimlarimni olyapman” dedi. 
     Ha, ayollarning ko‘ngli nozik, ular birgina gap bilan xafa bo‘lib, bir shirin so‘z bilan, samimiy tabassum bilan xursand bo‘lishi mumkin. Ularga birgina shirin so‘z va birgina tabassum yetarlidir. Ayollarga nisbatan muloyim bo‘laylik! Ayoliga nisbatan muloyim munosabatda bo‘lishi kishining mard va oliyjanobligiga dalolat qiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Ayol kishini faqat oliyjanob kishi (yaxshi xulq egasi)gina hurmat qiladi va faqat pastkash odamgina ularni tahqirlaydi!” deganlar. 



Nozimjon Hoshimjon tayyorladi 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216326
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24552
  • 19005
  • 12793
  • 15756