Ahsob surasida kardiologlar uchun ilmiy dalil
2.2.2017 9515

     Alloh taolo Qur’onda shunday deb marhamat qilgan:

مَا جَعَلَ اللَّهُ لِرَجُلٍ مِنْ قَلْبَيْنِ فِي جَوْفِهِ

 

    “Alloh bir kishining ichida ikki qalb yaratgan emas...” (Ahzob surasi, 4-oyat).

 

     Ushbu oyati karimaga yaxshilab nazar solgan kishi barcha oyatlarda bo‘lganidek, unda ham Qur’oniy e’joz borligini ko‘radi. Alloh taolo bu oyatida bandalariga o‘zgarmas bir haqiqatni, hissiy narsani misol qilib keltirmoqda. U haqiqat – erkak kishining ko‘ksida ikkita yurak mutlaqo bo‘lmasligidir!
    Alloh taolo oyatda رَجُل (erkak kishi) deyapti. “Bashar”, “Odam bolalari”, “Mo‘’min”, “Inson” demadi. Toki ixtiyor qilingan so‘z ayol kishini o‘z ichiga olmasin. Nega ayol kishini o‘z ichiga olmasin? Chunki, ayol kishi homiladorlik paytida qornida bir yoki undan ko‘p homila bo‘ladi. Har bir homilaning ichida esa, yurak bo‘ladi. Demak, ayol homilador bo‘lgan paytda unda ikkita yoki undan ko‘p yurak bo‘lar ekan. Ya’ni o‘zining yuragi va qornidagi homilasining yuragi bo‘lar ekan.
     Yuqoridagi oyatning tafsiri borasida quyidagi ma’lumotlar kelgan:

   “Albatta, bu oyati karima qurayshlik Jamil ibn Ma’mar Fihriy ismli kishi haqida nozil bo‘lgan. U o‘zining ikkita yuragi borligini da’vo qilardi. Ziyrakligidan kishilar uni “Ikki yurakli” deyishardi. Alloh taolo u kimsaning gapi yolg‘onligini bildirish uchun ushbu oyatni nozil qilgan.
   Bir rivoyatga ko‘ra, ushbu oyat ba’zi munofiqlarga qattiq raddiya sifatida nozil bo‘lgan. Ba’zi munofiqlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda ikkita yurak bor, deb da’vo qilganlarida Alloh ta’olo mazkur oyat bilan ularning da’volarini rad qilgan”.
    Ilmiy jihatdan aytadigan bo‘lsak, embriolog olimlar, tadqiqotchilar, yurak shifokorlari, jarrohlari “Ko‘ksida ikkita yuragi bor kishi bo‘lmaydi” deb ta’kidlaganlar. Zamonlar bo‘yi tibbiyot kitoblarida, shu sohaga oid turli ilmiy manbalarda, ushbu manbalarning ko‘pchiligi musulmon bo‘lmagan kishilar tomonidan yozilganiga qaramay, ikkita yurak bilan tug‘ilgan inson borligi, yashab o‘tgani haqida yozilmagan.
    Ilmiy jihatdan ma’lumki, homilaning yuragi uchinchi xaftaning boshidan shakllana boshlaydi. Bunda yurak shakllanishining ilk bosqichi bo‘lgan o‘ng trubka va chap trubka homila tanasining yuqori qismi o‘rtasida birlashish uchun o‘sadi. Keyinchalik o‘sha yuqori qism ko‘krak bo‘shlig‘i bo‘ladi. Trubkaning pastki devori qalinlashgandan keyin u chap tarafga surilib to‘xtaydi. Keyin uning o‘rtasida kichkina do‘ngcha ko‘rinadi. O‘sha do‘ngcha yurakning o‘ng va chap qorinchasi bo‘lib shakllanish uchun trubkaning ichida asta-sekin o‘sib boradi. Trubkaning yuqori qismidagiga o‘xshab yurak bo‘lmasi ham shakllanadi. Yurak shakllanishi ana shunday nozik bosqichlarni bosib o‘tadi. Shu paytda katta vena va aorta tomirlari ham shakllanadi. Ushbu bosqichlarning hammasi homila shakllanishining ilk bosqichlarida, homila to‘qimalarining yuqori qismiga qonni to‘plash uchun bir nuqta atrofida bo‘lib o‘tadi. Homiladorlikning oltinchi xaftasi oxiriga yetmasdan turib yurak, Allohning irodasi va qudrati bilan, kengayib-qisqarishni boshlaydi.
    Homilaning yuragi shakllanishi haqidagi gaplardan keyin ba’zilar “Ba’zi tug‘iladigan go‘daklarda yurak kasalliklari, yurakdagi nogironlik holatlari bo‘lmaydimi?” deb so‘rashi mumkin. Ularga quyidagicha javob beramiz:
   

   “Bo‘ladi. Lekin hech qachon ikkita yuragi bor go‘dakni ko‘rmaysiz. Yuqoridagi homilaning yuragi shakllanish bosqichlari haqida o‘ylab ko‘rilsa, go‘dakning yuragida bo‘ladigan siz aytayotgan muammo, agar yurak faoliyatiga xalaqit beradigan bo‘lsa, uning o‘limiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun u go‘dak yo tug‘ilishidan oldin abort qilinadi yoki tug‘ilmasidan oldin onasining qornida vafot etadi.
   

    Siz aytayotgan muammo yurakni juft qilib yaratilishi emas. Balki u homilaning yuragi shakllanishidagi bosqichlardan birining oxiriga yetmay, to‘xtab qolishidir. Gohida homilaning yuragidagi mayiblik yengilroq bo‘ladi. Shu bois bola tug‘iladi, ammo yuragida muammo bilan tug‘iladi. Bunga misollar ko‘p. Masalan, go‘dak yurak bo‘lmalari orasida teshikcha bilan tug‘iladi.

Yoki yurak qorinchalari orasida teshikcha bilan tug‘iladi.

Yoki ham yurak bo‘lmalari orasidagi, ham yurak qorinchalari orasidagi teshikchalar bilan tug‘ilishi kuzatiladi.

Yoki go‘dak, qushlarning yuragiga o‘xshab, bitta qorinchali yurak bilan tug‘iladi.

Yoki go‘dakning yuragi o‘ng tomonga og‘ib qolgan holda bo‘ladi.

Ba’zida go‘dak yurakning vena yoki aorta tomirlarining ulanish joyi majmuasida nuqson bilan tug‘iladi va hokazo”.

 

     Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hech bir go‘dak qiyomatga qadar ikkita yurak bilan tug‘ilmaydi. Hatto siam egizaklari (bir-biriga yopishib tug‘iladigan egizaklar) ham. Ba’zida bir-biriga yopishgan egizakning har birida bittadan yurak bo‘ladi. Ba’zida esa, ularning har ikkisiga bitta yurak bo‘ladi. Lekin hech qachon mazkur egizaklarda uchta yurak bo‘lmaydi.


Doktor Yahyo Ibrohim Muhammad, Doktor Sulaymon Faqiyh shifoxonasi mudirining o‘rinbosari
Manba: “Ilmiy e’joz” jurnali. 16-son. 1424 h. Rajab oyi.


Qisqartirib tarjima qiluvchi: Muhibbulloh Xudoyberdiyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi vakili, To‘raqo‘rg‘on tumani “Qo‘chqor ota” jome’ masjidi imom xatibi

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216397
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19012
  • 12794
  • 15758