Alohning Odam va Havvoga o‘rgatgan kalimalarini o‘rganamiz!
19.1.2017 6056

   “Ular “Ey Robbim, o‘zimizga o‘zimiz zulm qildik. Agar O‘z rahmatu mag‘firatingga bizlarni olmasang, bizlar hasrat va nadomatda qolib ketamiz” dedilar”.


   Bu shunday kalimalarki Alloh taolo Odam va Havvoga o‘rgatgan. Ular mana shu so‘zlarni aytish ila Alloh taoloning mag‘firatiga erishdilar. (Tafsirul muyassar).
   Zohhak ibn Muzahim yuqoridagi oyat haqida “u shunday kalimalarki Odam o‘z Robbisidan qabul qilib olgan va u ila gunohlari kechirilgan” degan. (Tafsiru Ibn Kasir).
   Odam va Havvo Alloh taolo qaytargan ishni qidilar. Birgina shu qilmishlari tufayli Jannatdan haydaldilar. Alloh taolo ularga mehribonlik qilib yuqoridagi kalimalarni ta’lim berdi. Ular shu kalimalarni chin qalbdan talaffuz qilganliklari va ularni taqozosiga amal qilganliklari uchun mag‘firat qilindilar. Kimki gunoh ishni qilib qo‘ysa, so‘ngra Odam va Havvodek istig‘for aytsalar Alloh taolo kechiradi. (Tafsirus Sa’diy).
   Abu Ja’far Tobariy: “Bu Alloh taolo Odam va Havvoni gunohlarini, Ular gunoh qilib, gunohlarini e’tirof etib, afsus va nadomat qilganlarida kechirgani haqidagi xabardir. Oyatning ma’nosi: “Ey Robbimiz! Bizlar senga isyon qilib, seni va o‘zimizni dushmanimiz bo‘lgan Iblisga itoat qilib, sen bizlarni uni yeyishdan qaytargan daraxtdan yedik. Agar sen bizlarni gunohimizni kechirmasang, iqobing ila bizlarni sharmanda qilishni tark qilmasang va lutfu karaming ila bizlarga rahm qilmasang albatta biz halok bo‘luvchilardan bo‘lamiz.” deganidir” deb aytgan. (Tafsirut Tobariy).
   Bu oyati karimada Mu’tazilalarni zarariga raddiya bor. Ular sag‘ira gunohlar mag‘firat qilingandir. Ular uchun Alloh taolo azoblamaydi deydilar. (Tafsirun Nasafiy).
    Demak Agar inson katta va kichik gunohlari uchun istig‘for, tavba va nadomat qilmasa oqibati juda ham xatarlidir. Allohning o‘zi saqlasin.

 

Ziyodulloh Karimov G‘aybullox O‘g‘li 
Toshkent Islom Instituti 4-kurs talabasi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216010
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24512
  • 18976
  • 12772
  • 15737