Allohning go‘zal ismlarini o‘rganamiz - 3
9.3.2017 4833

Al-Mumit – O‘ldiruvchi, barcha jonzotlarni o‘ldiruvchi Zot. Alloh taolo har bir maxluqning ma’lum vaqtda ajalini tayin etgan. O‘zi hozirlagan sabablar zanjiri bilan o‘lim hodisasini yuzaga keltiradi.

Al-Hayy – Azaliy va abadiy tirik, barhayot Zot. Uning tirikligi bandaning hayotiga umuman o‘xshamaydi. Alloh taolo hayotiga biror narsa sabab bo‘lmagan, uning boshlanish vaqti ham tugash muddati ham bo‘lmaydi, chunki u Zot o‘lmaydi. Bizni o‘z izmiga solgan vaqt, zamon tushunchalari Uning uchun jarayon etmaydi.

Al-Qayyum – Har bir ishning ustida turuvchi, hamma narsani tutib turuvchi Zot. Alloh taolo O‘z zoti bilan barhayot turadi, yaralmishlar esa Uning sababidan, Uning qudrati tufayli yashaydilar. Har bir narsaga ma’lum muddat oyoqda turishi uchun sabablar paydo qilgan. Hamma narsa Haq bilan qoimdir, Hayy va Qayyum faqat Alloh taolodir.

 

www.irfon.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 68195
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

9909
  • 5526
  • 3574
  • 5579