Allohhning elchilariga berilgan mo‘’jiza
4.1.2017 13206

    Alloh taolo Solih (alayhissalom)ga mo‘’jizali tuya ato etgan. 
   "Samud qavmiga birodarlari Solihni (payg‘ambar etib) yubordik. (U) dedi: Ey qavmim! Allohga sig‘ining! Undan o‘zga iloh yo‘qdir. Rabbingizdan sizlarga hujjat keldi. Ushbu – Allohning mo‘’jiza tarzidagi tuyasi. Uni (o‘z holiga) qo‘yingiz – Allohning yerida o‘tlasin! Unga yomonlik (niyati) bilan tega ko‘rmangiz! Aks holda, sizlarni alamli azob tutgay" (A’rof, 73). 
    "Ey qavmim! Mana bu – Allohning mo‘’jizali tuyasi. Bas, uni Allohning yerida o‘tlab yurishiga qo‘yib beringiz va unga biror yomonlik yetkazmangiz. Aks holda sizlarni yaqin (fursatda) azob tutar" (Hud,64). 
    Muso (alayhissalom) Alloh bergan mo‘’jizali aso bilan Fir’avnning sehrgarlarini mag‘lub etganlar. 
    "Qo‘lingdagi narsani (asoyingni) tashlagin – ular yasagan narsalarni yutib yuborsin! Ularning yasagani faqat bir sehrgarning makridir. Sehrgar esa, qayerda bo‘lmasin zafar topmagay" (Toho,69). 
   "Asoyingni (yerga) tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uni ilondek qimirlayotganini ko‘rgach, ortiga qaramay qochdi. (Unga deyildi:) "Ey Muso, qayt va qo‘rqma! Zero, sen (xavfu-xatardan) omonlikdagi kishilardandirsan" (Qasas, 31). 
     Muso (alayhissalom) asolarini dengizga urish bilan dengizdan yo‘l ochib, Fir’avn ta’qibidan qavmlarini ozod qilganlar. 
     "Bas, Biz Musoga: "Asoying bilan dengizni urgin!» – deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo‘linib, har bir bo‘lak (suv balandga ko‘tarilib) ulkan tog‘ kabi bo‘ldi" (Shuaro, 63). 
    "Biz Musoga: "Sen bandalarimni (Isroil avlodini Misrdan) tunda olib ket va (ortingdan) yetib kelishdan xavf qilmagan va (g‘arq bo‘lishdan ham) qo‘rqmagan holingda dengizdan ularga quruq yo‘l och! – deb vahiy yubordik" (Toho, 77). 
     Alloh taolo Iso (alayhissalom)ga bergan mo‘’jizalari quyidagi oyatda bayon qilinadi: 
    "Shuningdek, uni Isroil avlodiga payg‘ambar (qilib yuboradi va u aytadi): "Men sizlarga Rabbingiz huzuridan (payg‘ambarligimga dalolat qiluvchi) mo‘’jiza bilan keldim; men sizlarga loydan qush shaklini yasab, unga dam ursam, u Allohning izni bilan (chinakam) qush bo‘ladi. Ko‘r va pesni tuzataman. Allohning izni bilan o‘liklarni tiriltiraman hamda sizlarning yeyayotgan va zaxirada saqlayotgan narsalaringizni aytib beraman. Agar mo‘min bo‘lsangiz, albatta, bu ishlarda sizlar uchun alomat bordir" (Oli Imron, 49). 
    "Eslang, Alloh: "Ey Iso ibn Maryam! Senga va onangga bergan ne’matimni yodingga ol, qaysiki, Seni Ruhul-Qudus (Jabroil) bilan quvvatladim, odamlarga beshikda va voyaga yetganingda gapirding. Senga yozuvni, hikmatni, Tavrot va Injilni ta’lim berdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini yasading. So‘ngra unga dam urganingda, u Mening iznim bilan (chinakam tirik) qushga aylandi. Mening iznim bilan ko‘r va pesni tuzatding. Mening iznim bilan o‘liklarni (qabrlaridan tirik holda) chiqarding. Shuningdek, Isroil avlodiga hujjatlarni keltirganingda, seni ular (g‘azabi)dan asraganimni esla. Ularning kofirlari: «Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas", – degan edilar" (Moida, 110). 
    Yusuf (alayhissalom) ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgan otalari Yaqub (alayhissalom)ning yuzlariga ko‘ylaklarini tashlaganlarida otalarining ko‘zi yana avvalgidek ko‘ra boshlagan. 
   "Bas, xushxabarchi kelib, uni (ko‘ylakni Ya’qubning) yuziga tashlagach, u ko‘radigan bo‘lib qoldi. “Sizlarga men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman, demaganmidim”, dedi u" (Yusuf, 96). 
    Shoh Namrud Ibrohim (alayhissalom)ni olovga tashlashga buyruq berganda Alloh taolo bunday marhamat qilgan: "Biz aytdik: “Ey olov! Ibrohimga salqin va omonlik bo‘l!” (Anbiyo, 69). 
    Sulaymon (alayhissalom) mo‘’jizalari: "Sulaymonga esa bo‘ronli shamolni (bo‘yin sundirib), uning amri bilan Biz muborak qilgan zamin (Shom) sari esadigan (qilib qo‘ydik). Biz barcha narsani biluvchidirmiz" (Anbiyo, 81). 
    Sulaymon (alayhissalom)ga shamoldan tashqari jinlar ham bo‘ysundirib qo‘yilgan edi. Jinlar ul zotning amriga mute edi. 
    "Sulaymon (xizmati) uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to‘planib, tizilgan hollarida turdilar" (Naml, 17). 
    Alloh taolo Sulaymon va Dovud (alayhissalom)larga hayvonlar tilini tushunish qobiliyatini bergan. 
    "Sulaymon (payg‘ambarlik va podshohlikda) Dovudga voris bo‘ldi va aytdi: “Ey odamlar! Bizga qushlar tili va boshqa narsalar bildirildi. Albatta, bu aniq fazlning o‘zidir” (Naml, 17). 
   "Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik. Biz har ikkisiga hikmat (payg‘ambarlik) va ilm ato etdik. Tog‘lar va qushlarni Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo‘yin sundirib qo‘ydik. Biz shunday qila oluvchidirmiz" (Anbiyo, 79). 
     Sevikli Payg‘ambarimiz (alayhissalom)ning ba’zi mo‘’jizalari: Makka ahli Payg‘ambarimiz (alayhissalom)dan haqiqiy Payg‘ambar ekanliklariga dalil sifatida mo‘’jiza ko‘rsatishni so‘radilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) duo qilganlarida Alloh taoloning marhamati bilan oy ikkiga bo‘lindi. Ikki bo‘lakning orasida Hiro g‘ori ko‘rinib turardi (Imom Buxoriy rivoyati). 
     Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) aytadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga edik, ichishga suvimiz qolmadi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bor suvni yig‘ib kelishga buyurdi. Suvlarni yig‘ib kelganimizda u zot (sollallohu alayhi va sallam) idishga quyib, qo‘llarini tiqqanlarida, barmoqlari orasidan suv chiqa boshladi”. 
     Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kasal, mayib va majruhlarni ham davolagan. Bu ham uzot (sollallohu alayhi va sallam)ning o‘zlariga xos mo‘’jizalaridir. 



Davron NURMUHAMMAD

 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216295
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24550
  • 19003
  • 12792
  • 15756