Alloh bilan suhbat!
18.1.2017 10197

     Rivoyat qilishlaricha, dunyoga kelishga hozirlanayotgan chaqaloq Tangri taolodan so‘radi:

 

– Ey Allohim, meni dunyoga keltirishing haqida aytishdi. Ammo u yerda qanday yashayman, hali juda kichik va kuchsiz bo‘lsam?

 

– Qo‘rqma, – degan javob bo‘ldi unga, – farishtalarimdan biri hamisha oldingda bo‘ladi, u seni yaxshi ko‘radi, asrab-avaylaydi. Uning kuchli muhabbatini doimo his qilib turasan va bu bilan baxtli bo‘lasan. 

 

– Lekin insonlar menga gapirishsa, ularni qanday tushunaman, axir, tillarini bilmayman-ku?

 

– Yoningdagi farishtang senga dunyodagi eng go‘zal va yoqimli so‘zlarni sabr-toqat, muhabbat ila o‘rgatadi.

 

– Agar sen bilan gaplashishni istasam-chi, unda nima qilaman?

 

– Farishtang seni qo‘llaringni ochib, menga duo qilishga o‘rgatadi.

 

– Ammo dunyoda yomon insonlar ham bor deb eshitdim, ularning yomonligidan meni kim qutqaradi?

 

– Farishtang to yoningda ekan, har doim seni ulardan asrashga intiladi.

 

– Hammasi yaxshi-ku... faqat seni ko‘ra olmasligimdan mahzunman...

 

– G‘am yema, farishtang senga men haqimda gapirib beradi va menga yetishish yo‘llarini o‘rgatadi.

 

Chaqaloq yorug‘ dunyoga ketishga chog‘lanarkan, qalbidagi eng so‘nggi savolga ham javob olishga intildi:

 

– Allohim, farishtamning ismi nima?

 

– Farishtang ismini bilishing shart emas, sen uni "Onajon" deb chaqirasan...

 

Iroda To‘raxonova tayyorladi

Manba: www.irfon.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216198
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24531
  • 18994
  • 12785
  • 15748