Qaynonalarga...
15.7.2015 6746

 

       Xonadonga yangi kelin tushdi. Ko‘nglida toza niyatlari, bor yaxshi xislatlari bilan yangi oila a’zolarining hurmatini qozonishga harakat qiladi. Lekin ayrim vaqtlar tajribasizligi bois xatoga yo‘l qo‘yishi ham tabiiy. Chunki bu xonadonning unga tanish bo‘lmagan tartib - qoidalari bor. Ularni o‘rganib olishi uchun vaqt kerak. Bunday holatda yosh kelinchakka onasiday ko‘makdosh inson, ya’ni qaynona samimiy yordam berishi juda muhimdir.


...Kechki ovqat vaqti. Kelinchak bor mahoratini ishga solsa - da, ichki hayajon va qo‘rquv sabab taomning tuzi bir oz baland chiqqan. Dasturxon boshida ovqatning sho‘rligini bilgan zahoti ziyrak qaynona: “Qizim, ovqatning tuzini me’yorida solgan ekansiz - u, totganimda pastroqdek tuyulib, bir chimdim tuz solib yuborgandim... Endi ko‘nglim xotirjam, oshxonani sizga bemalol topshirsam bo‘lar ekan”, deya kelinni noxush vaziyatdan chiqarib yuboradi. Kelin qaynonasiga minnatdor boqadi, ko‘nglida bu ayolga nisbatan mehri oshadi...

Shunday qilinganida oiladagi qattiq - quruq gaplarning, katta janjallarga boshlaydigan dilxiraliklarning oldi olinadi. Buni yaxshi tushungan qaynonalar har bir masalada yuqoridagidek ish tutadi. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, kelinning kichik xatosidan fojia yasab, oilaning tinchini buzadigan qaynonalar ham yo‘q emas. Ma’lum, kelinchak yosh, tajribasi oz, turmush chorrahalarida qoqilishi aniq. Shunday holatlarda ayrim “erka” qaynonalar oila a’zolari oldida kelinni yerga uradi, xatosini yuziga soladi. Sovchi bo‘lib borganida: “o‘z qizimdek ko‘raman”, deb va’da berganlarini unutadi.

Xalqimizda bir maqol bor: “So‘ksang – beti qotadi, ursang – eti qotadi”. Arzimas xatosi uchun ham gap eshitavergan kelin borib - borib, gap qaytaradigan bo‘ladi. Shundan keyin ayrim qaynonalar holatga yanayam fojiaviy tus beradi: “Yo meni deysan, yo xotiningni!” Ular o‘g‘lini ham og‘ir ahvolda qoldiradi.

Shu yerda to‘xtang. Mana shu kelin – o‘g‘lingizning jufti haloli, bo‘lajak nabiralaringizning onasi. Nega o‘g‘lingiz yo qizingizning xatosini kechirasiz - u, keliningizni kechirolmaysiz?
Aziz va mehribon qaynonajonlar! O‘ziga nimani munosib ko‘rsa, boshqalarga ham shuni ilinish chin mo‘minga xos xislat. Katta ro‘zg‘orni ana shu asosda, chiroyli tarzda yuritib turibsiz, kelinni ham yaxshi muomala bilan to‘g‘ri yo‘lga solish qo‘lingizdan keladi, inshaalloh.
Bunday ezgu ishlarda Alloh barchamizga yordamchi bo‘lsin!

 

Karima SALIMJON qizi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216397
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19011
  • 12794
  • 15758