25 yilda dunyoni ko‘rgan yigit
28.1.2017 7572

    Bir keksa kishi o‘zining 25 yoshli o‘g‘li bilan poyezdda ketayotgan edi. Deraza yonida o‘tirgan o‘g‘ilning yuzida shodlik, hursandchilik barq urib turardi. U qo‘lini derazadan tashqariga chiqardi va qo‘liga urilayotgan havoni his qilib: “Otajon, qarang, hamma daraxtlar orqa tarafga qarab yuryapti” deb qichqirdi. Keksa ota o‘g‘lining hursandchiligiga sherik bo‘lib, tabassum qilib qo‘ydi.
    Ular o‘tirgan xonada ular bilan birga er-xotin ham ketayotgan bo‘lib, ota va o‘g‘il o‘rtasidagi suhbatni tinglab borishardi. Ular “Nega 25 yoshli yigit go‘daklarga xos xatti-harakat qilyapti?” deb asablari taranglashib, hayron bo‘layotgan edilar.
     To‘satdan yigit: “Otajon, anavi adirlarni, u yerdagi hayvonlarni qarang! Bulutlarga qarang, poyezd bilan birga suzishmoqda” deb qichqirdi. Kap-katta yigitning gapirayotgan gaplaridan er-xotinning battar ensasi qotayotgan, taajjubi tobora ortayotgan edi.
     Keyin yomg‘ir yog‘a boshladi va yigitning qo‘llariga yomg‘ir tomchilari kelib urildi. Bundan yigitning yuzlari yanada yorishib, shodligi ziyoda bo‘ldi. Shu payt yigit: “Otajon, qarang, yomg‘ir yog‘yapti. Yomg‘ir tomchilari yuzimni “silayapti”. Qarang, otajon, qarang!” deb qichqirdi.
     Bu safar er-xotin yigitning qiliqlariga toqat qilib turolmay, keksa otasidan: “Nega o‘g‘lingizni tabibga olib borib, uni davolatishga harakat qilmaysiz?” deb so‘rashdi. Shunda keksa ota: “Biz shifoxonadan kelyapmiz. O‘g‘limning ko‘zlari ochilib, umrida birinchi marta dunyoni ko‘ra boshladi” deb javob berdi.



Internet ma’lumotlaridan Nozimjon Hoshimjon tarjimasi

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216851
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24587
  • 19052
  • 12825
  • 15794