Tatuaj go‘zallik timsoli emas, balki...
15.8.2015 10212

    Bugun ayol va qizlarimizning aksariyati uzoq vaqtga mo‘ljallangan, barqaror turuvchi pardozning yangi usuli bo‘lmish tatuajni ma’qul ko‘rishmoqda va undan «unumli» foydalanishmoqda. Ayni damda yuzdagi a’zolarini tatuaj qilayotganlar juda ko‘pchilikni tashkil etadi.
   Ma’lumot uchun: Tatuaj — permament pardoz, ya’ni yuzdagi a’zolar — lab, ko‘z va qoshni uzoq vaqt (3, 5, 7 yilgacha) ketmaydigan qilib bo‘yab, pardoz berish. Permament pardozda sanab o‘tilgan a’zolarning terisiga tatuaj uchun mo‘ljallangan igna yordamida maxsus bo‘yoq yuboriladi. Bu pigmentlarning uzoq vaqt ushlanib turishini ta’minlaydi. Permament pardoz muolajasi og‘riqli bo‘lib, bir-ikki soatga cho‘ziladi.
    Tatuaj uzoq muddatgacha pardoz buyumlari (ko‘z va qosh qalamlari, lab bo‘yoqlari)ni unutib, lab, ko‘z va qoshga shakl berish, teri nuqsonlari bo‘lmish chandiq va pigment dog‘larni yashirish, xol qo‘yish yoki tabiiy xollarga bir oz rang berish, umuman har qanday vaziyatda go‘zal ko‘rinish imkonini beradi. Biroq ayol va qizlarimiz tatuajning sog‘liqqa, qolaversa, tashqi ko‘rinishga sezilarli darajada ziyon keltirishini bilisharmikan?
      Keling, quyida uning salbiy tomonlari bilan tanishib chiqamiz.

 

Ko‘z tatuaji.

 

Tatuajning mazkur turi ko‘zlarga ishlov berish, jumladan, igna yordamida shakl chizish yo‘li bilan ko‘z va qovoq shakli to‘g‘rilanadi, uning nuqsonlari yashiriladi. Biroq mazkur muolaja og‘riqli bo‘lib, ko‘zning ko‘rish qobiliyati, qovoq terisiga ziyon yetkazadi. Teri sezuvchanligi va mimika (imo-ishora)ga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Qosh tatuaji.

 

Qosh tatuaji soch ildizining yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. Qoshlar uchun bunday turdagi pardozni qilish qoshlaringiz tukini butunlay yo‘qotib, ularning to‘kilish ehtimolini oshiradi. Bunda yangi qoshlar o‘sishdan to‘xtaydi.

 

Lab tatuaji.

 

Lab tatuaji lablar shaklini to‘g‘rilash, kattalashtirish hamda labning ichini bo‘yoq bilan to‘ldirish maqsadida amalga oshiriladi. Labni tatuaj qilgandan so‘ng og‘iz atrofida shishlar paydo bo‘lib, ularning bitishi uzoq vaqtga cho‘ziladi. Bundan tashqari, infeksion kasalliklar bilan xastalanish ehtimoli oshadi. Agar siz gerpes virusiga to‘qnash kelmagan bo‘lsangiz, mazkur muolajadan so‘ng u sizda paydo bo‘lishi yoki uning organizmingizda kuchayishi kuzatiladi.

 

Tatuaj nimasi bilan xavfli?

 

     Ma’lumki, tatuajda asbob-uskunalardan foydalaniladi. Demak, asbob-uskunalarni noto‘g‘ri sterilizatsiyalash, sifatsiz bo‘yoq va mutaxassis tajribasining yetishmasligi — permament pardozining navbatdagi salbiy oqibatlaridan biri sanaladi. Tatuajning xavfli tomoni shundaki, u yuzning asab va tomirlariga jarohat yetkazishi mumkin. Tatuaj allergiyani keltirib chiqaradi. Tatuaj yana osonlikcha o‘tib ketmaydigan allergiyani keltirib chiqaradi. Ayniqsa, allergiyani «chaqiradi». Bo‘yoqlarning ba’zilari o‘z tarkibida allergiya hamda terida chandiqning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi moddalarni saqlaydi. Odatda, bu moddadan mato va sochlar uchun bo‘yoqlarni ishlab chiqarishda foydalanishadi. Mazkur moddaning tatuaj tufayli terida uzoq vaqt turishi ayollarning pardoz vositalariga, maishiy kimyo (kishilarning kundalik hayotida, masalan, ro‘zg‘orda qo‘llaniladigan kimyoviy mahsulotlar) mahsulotlariga nisbatan allergiyaning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunda allergiya turli xil — achishish, qichishish, qizarish, g‘urra va shamollash alomatlari bilan ifodalanishi kuzatiladi. Nima bo‘lganda ham yuzingizni tatuaj qilishdan oldin pardozning bu turi teringiz uchun arzir-arzimasligi, qolaversa, tashqi ko‘rinishingiz ilgaridek tabiiy bo‘lmasligi haqida obdon o‘ylab ko‘ring. Muddati tugagach u na siz va na boshqasiga ko‘rkamlik va jozibadorlik bag‘ishlay olmasligini ham unutmang!

 

Homiladorlik — tatuajning vaqti emas!

 

— Homiladorman. Ma’lumki, homiladorlikda soch, qosh va kipriklar to‘kilib, siyraklasha boshlaydi. Menda ham shunday holat kuzatilganligi bois qoshlarimni tatuaj qildirmoqchiman. Uning homiladorligimga zarari bor-yo‘qligini bilmoqchi edim?
GULNOZA, Toshkent shahri.

— Hozir ayollar homilador bo‘lishlariga qaramay pardozning bu usulidan keng foydalanishmoqda. Biroq dermato-venerolog mutaxassis sifatida homiladorlik paytida ayollarga tatuaj qilishni maslahat bermayman. Negaki, bu davrda teri judayam ta’sirchan bo‘lib, immunitetning pasayishi hisobiga infeksiyalarning organizmga kirishi boshqa paytga nisbatan aynan homiladorlikda kuchayadi (Ayollar homiladorlikdan boshqa holatlarda ham tatuaj qilish va qildirishdan saqlanishlari kerak. Shariatda bu ish joiz sanalmaydi. Soxta go‘zallik va Alloh yaratgan xilqatni o‘zgartirish haromdir. – “Muxlis.uz”).

 

Feruza ARIPOVA, dermato-venerolog.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 70957
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

10631
  • 6085
  • 3922
  • 5957