Ayollar uchun eng foydali 5 vitamin
28.8.2015 7547

 

Vitamin A


    Bu vitamin organizmdagi moddalar almashinuvi va teri tarkibini yaxshilaydi. Bundan tashqari A vitamini infeksiyalarga qarshi kurashib, ko‘z nurini saqlaydi. Baliq yog‘i, jigar, tuxum sarig‘i, sut, qaymoq A vitaminiga boy.

 

Vitamin V9


    V9 vitaminining yetarli darajada bo‘lishi nosog‘lom bola tug‘ilishining oldini oladi. Olimlarning aniqlashicha, bu vitamin umurtqa bilan bog‘liq muammolarga chek qo‘yadi va bolada asab tizimi yaxshi rivojlanishida ishtirok etadi. V9 vitamini ko‘katlar, guruch, yong‘oq, banan, apelsin, shaftoli, qovun, qovoq, qo‘ziqorin, tuxus sarig‘i, sutli mahsulotlar tarkibida uchraydi.

 

Vitamin N


    N vitamini yangi va sog‘lom sochlar o‘sishiga yordam beradi. Bundan tashqari bu vitamin tirnoqlar tez sinishining hamda har xil turdagi kasalliklar vaqtida terining qurib qolishining ham oldini oladi.

 

Vitamin Ye


   Ye vitaminini “yoshlik vitamini” deb ham atashadi. U tolalarning qarishini sekinlashtiradi, tromb paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, soch va teri tarkibini yaxshilaydi. Ayollarda Ye vitamini yetishmasligi tufayli hayz sikli maromda bo‘lmasligi mumkin. O‘simlik yog‘lari (zaytun, kungaboqar, jo‘xori), ko‘katlar, bug‘doy, ko‘k no‘xat, yong‘oq va pomidor Ye vitaminiga boy.

 

Vitamin RR


    Vitamin RR teri tolalariga kuch bag‘ishlaydi. Terining rangiga ta’sir qiladi va kislorod bilan ta’minlashda ishtirok etadi. Soch ildizini baquvvat qiladi. Yaralarning tez tuzalishiga ham yordam beradi. Agar sovuqda teringiz bujmayib, qurib qolsa, sochlaringiz to‘kila boshlasa, tarkibida RR vitamini bor oziq-ovqatlar (baliq, bodom, tuxum, qaynatilgan go‘sht)ni iste’mol qiling.

 

 

Olima Yorqulova tayyorladi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 70908
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

10615
  • 6074
  • 3915
  • 5950