Farzandlarim hayot uchun kurashmoqda!
O‘zbek ekanimdan doim faxrlanaman. Nega? Chunki xalqimiz oqibatli, mehribon, axil-inoq. Men o‘zim hayotim misolida bunga necha bor amin bo‘lib kelayapman. Eng og‘ir damlarimda mahalla-kuy, qo‘ni-qo‘shnilar hech yordamini ayamaydi.
Bugun boshimda og‘ir sinovlar va Yaratganning sinoviga sabr qilib, ulug‘ savobdan umidvorman. Nolimayman, bergan barcha quvonchu tashvishiga shukr qilaman.
Hurmatli, muxlis.uz sayti va uning solih-soliha o‘quvchilari! Sizdan ko‘mak va moddiy yordam so‘rab, murojaat etayapman. Men Xolida Qobilovaman. Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yangi Sebzor mahallasida istiqomat qilaman. Ikkita farzandim bor—Hamidulloh va Muhammad. Ikkalasi ham tug‘ma nogiron. Tug‘ilganlaridan buyon doimiy muolajalar olamiz. Hozir ham shifoxanada davolanayapmiz. Shu kungacha ularni davolashga bor yiqqan-to‘plaganlarimizni sarflab bo‘ldik. O‘zim ishlab, pul topay desam, ilojim yo‘q. Ikkita nogiron bolani yolg‘iz qoldirishning umuman imkoni yo‘q. Xullas, og‘ir axvoldamiz.
Hech kim bunday darddan azob chekmasin, deb duo qilaman. Iltimos, agar imkoningiz bo‘lsa, farzandlarimning dori-darmoniga yordam qiling. Savob amallaringizni mehribon Egam mukofotlar bilan siylasin!
Murojaat uchun teyelfon: +998935660991