Vaqf nima?
17.4.2018 5743

Kecha, 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Ushbu farmonda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot berilib, “Vaqf” xayriya jamoat fondining asosiy vazifalari belgilab berilgan edi. Ko‘pchilikda “vaqf o‘zi nima?” degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan internet tarmog‘idagi ma’lumotlardan foydalanib ma’lumot berishga harakat qilamiz. 

Tarix kitoblarida o‘tmishda maktab, madrasa, shifoxona va masjidlar uchun katta-katta vaqflar ajratilgani haqida yozilgan. 

“Vaqf” so‘zi lug‘atlarda “tutib turish”, “to‘xtatish” ma’nolarida keladi. Vaqfning shar’iy ta’rifi borasida turli fikrlar bildirilgan. “Vaqf - narsani Alloh mulki hisobida saqlashdir”. Ya’ni, vaqf qilingan narsa vaqf qiluvchining mulkidan chiqadi va Alloh mulkiga aylanadi. Vaqf qilingan narsadan keladigan foyda vaqf qiluvchi uni vaqf etishda tayinlagan jihatga (masalan, talabalar, musofirlar, kambag‘allar kabi) sarf qilinadi va savobi vaqf qiluvchiga abadiy bo‘ladi. Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi, meros bo‘lmaydi. 

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida vaqf haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

“Vaqf” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib — musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan diniy ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk. Vaqfnoma orqali rasmiylashtiriladi. Yer-suv, uy-joy, maktab, masjid, shifoxona va boshqalar vaqf mulki bo‘lishi mumkin. O‘z mulkini vaqfga topshirgan shaxs mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini yo‘qotadi. Lekin uning o‘zi yoki oila a’zolari yoxud uchinchi bir shaxs vaqf mulkidan vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilayotganligini aniqlash uchun vaqf mulkini boshqarish huquqini saqlab qolishi mumkin. O‘z mulkini vaqf mulki sifatida topshirgan shaxsning farzandlari yoki boshha avlodlari mazkur vaqf mulkidan keladigan daromadlardan nafaqa olib turishi mumkin. Vaqf mulkini shariat qonuni bo‘yicha davlat boshlig‘i yoki qozi nazorat qiladi. Bu tartib Sharqning ba’zi mamlakatlarida hozir ham amalda. 

Prezident farmonida ham ushbu jihatga to‘xtalib o‘tilgan. “Vaqf” xayriya jamoat fondining asosiy vazifalari sifatida  masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, me’moriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta’mirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma’rifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga ko‘maklashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash keltirib o‘tilgan. 

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari Fondning alohida hisob raqamida to‘planadi va yuqorida keltirib o‘tilgan xayrli ishlar uchun sarflanadi.

 

O‘MI Matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216992
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24590
  • 19056
  • 12829
  • 15799