Moskvada “halol” savdo tarmoqlari kengaymoqda
11.8.2018 133

Moskvada yana bir halol oziq-ovqatlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi “Xalmart” do‘koni ochildi.

Rossiyadagi ilk musulmonlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi savdo tarmog‘i endilikda Michurin shoh ko‘chasidagi “Tiara” savdo markazida o‘z do‘konini ochdi.

“Xalmart” do‘koni rahbari Rustam Orsxanovning ta’kidlashicha, mazkur do‘konlar tarmog‘i mahalliy musulmonlar va eko-mahsulotlarni qadrlovchi aholi qatlamiga xizmat ko‘rsatadi.

“Ramenkada juda ko‘p musulmon oilalar yashaydi. Bizning vazifamiz ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga o‘z vatanlaridan uzoqda oz bo‘lsada dalda bo‘lishdir.

Shuningdek, bugungi kunda eko-mahsulotlar urf bo‘lmoqda. Bizning mahsulotlarimiz to‘liqligicha eko-mahsulotlar talablariga javob beradi va biz, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, har bir xaridorga bajonu dil xizmat ko‘rsatamiz”, – deydi rahbar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur do‘kon poytaxtdagi 4-halol do‘kon bo‘lib, avvalgilari, Dorogomilova, Lenin shoh ko‘chasi va Varshava ko‘chalarida joylashgan edi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 48331
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

4500
  • 2502
  • 1575
  • 3033